Verena Schott
| Verena Schott | |
|---|---|
|
Schott 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlarining taqdirlash marosimida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
1989-yil 6-mart Greifswald, Bezirk Rostock, Germaniya Demokratik Respublikasi (hozirgi Meklenburg-Old Pomeraniya) |
| Sport | |
| Qaysi sport | para suzish |
Verena Schott (1989-yil 6-martda tugʻilgan) – nemis para suzuvchisi va Paralimpiya oʻyinlari sovrindori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schott 1989-yilda Greifswaldda tugʻilgan. 3 yoshida oilasi bilan Saksoniyadagi Bennewitz kommunasiga koʻchib oʻtgan, 8 yoshida suzish bilan shugʻullanishni boshlagan va Wurzen shahridagi suzish klubiga aʼzo boʻlgan. 2002-yilda velosiped haydab ketayotganida uni quvib oʻtayotgan furgon urib yuborgan va Schott ogʻir jarohat olgan. Natijada unga toʻliq boʻlmagan paraplegiya tashxisi qoʻyilgan. Schott hozirgi kunda nogironlar aravachasidan foydalanadi[1]. Sportchi suzish musobaqalarida S7, SM6 va SB5 toifalarida ishtirok etadi[2].
2010-yilda Schott Leipzigda shu vaqtga qadar mashgʻulot oʻtkazib kelgan klubini tark etdi va Berlin universitetida biologiya fanini oʻrganish uchun shu shaharga koʻchib oʻtdi. U yerda sportchi Matthias Ulm bilan Berlin Paralimpiya sport klubida (PSC Berlin) shugʻullana boshladi[1][3]. 2011-yil iyun oyida uning Lean ismli oʻgʻli dunyoga kelgan[3].
Schott 2010-yilda IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, SB5 toifasida 100 m brass va SM6 toifasida 200 m kompleks suzish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritdi[2][3]. 2012-yilgi London Paralimpiadasida u 4 ta yoʻnalishda finalga chiqdi va SM6 toifasida 200 m kompleks suzish yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻldi. Ushbu yoʻnalishda sportchi jahon rekordini oʻrnatgan Ellie Simmondsdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[4][5]. 2013-yilgi jahon chempionatida ham 200 m kompleks suzish bahslarida ikkinchi, 100 m brass usulida suzish boʻyicha esa bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].
2019-yilda Londonda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha Allianz chempionatida Schott S6 toifasida 100 m chalqancha suzish boʻyicha ishtirok etib, jahon rekordchisi Song Linglingni ortda qoldirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Pöls, Matthias. „Von Bennewitz ins Olympia-Becken“ (de). Leipziger Volkszeitung (2012-yil 29-avgust). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.Pöls, Matthias (29 August 2012). „Von Bennewitz ins Olympia-Becken“. Leipziger Volkszeitung (in German). Archived from the original on 21 December 2014. Retrieved 21 December 2014.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Infostrada Sports. „Biographies“. International Paralympic Committee. 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.Infostrada Sports. „Biographies“. International Paralympic Committee. Archived from the original on 20 April 2019. Retrieved 21 December 2014. (search for „Schott“)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Unsere Athleten für London 2012“ (de). Sport in Berlin. Landessportbund Berlin (2012-yil sentyabr), s. 11. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr. (PDF). Sport in Berlin (in German). Landessportbund Berlin. September 2012. p. 11. Archived from the original (PDF) on 22 February 2014. Retrieved 21 December 2014.
- ↑ „Zwei WM Medaillen für Verena Schott“ (de). Humboldt University of Berlin (2013-yil 19-avgust). 2013-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- ↑ Hope, Nick. „Paralympics 2012: Ellie Simmonds wins second gold of Games“. BBC (2012-yil 3-sentyabr). 2014-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- ↑ „London 2019: Alice Tai's fourth gold ends Long unbeaten run“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.