Verapamil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turli savdo nomlari ostida sotiladigan Verapamil kaltsiy kanallarini blokluvchi dori boʻlib, yuqori qon bosimi, stenokardiya (yurakga yetarlicha qon quyilmaganidan koʻkrak qafasidagi ogʻriq) va supraventrikulyar taxikardiyani davolashda qoʻllaniladi. Bundan tashqari verapamil migren va klaster bosh ogʻrigʻining oldini olish va davolash uchun ham foydalanish mumkin. Verapamil ogʻiz orqali yoki tomir ichiga yuboriladi.

Tibbiyotda ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verapamil (verelan markasi) 300 mg uzaytirilgan-taʼsirli kapsulalar

Verapamil supraventrikulyar taxikardiya va migren bosh ogʻrigʻining oldini olishda yurak qorinchalari tezligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu dori vositasi 4- sinf antiaritmik guruhiga kiradi va qorincha tezligini nazorat qilishda digoksinga qaraganda samarali hisoblanadi. JNC-8 da JAMA tomonidan taqdim etilgan koʻrsatmalarga koʻra Verapamil birinchi darajali agent sifatida roʻyxatga olinmagan. Ammo, agar bemorda atriyal fibrilatsiya yoki boshqa turdagi aritmiya boʻlsa, u gipertenziyani davolash uchun ishlatish uchun buyurish mumkin.

Shuningdek Verapamil, miya qon tomirlarining spazmini davolash uchun intra-arterial sifatida buyuriladi. Verapamil klaster bosh ogʻrigʻini davolash uchun ishlatilinadi. Taxminiy dalillar koʻrsatadiki, plantar fibromatozni davolash uchun verapamilni topikal ravishda qoʻllash mumkin.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda chap qorincha disfunktsiyasi va gipotenziya (sistolik qon bosimi 90 dan past) kardiogen shok va verapamilga yuqori sezuvchanlik boʻlgan odamlarda verapamildan foydalanish taqiqlanadi.. Bundan tashqari, atriyal chayqalish yoki fibrilatsiyali odamlarda va Volf-Parkinson-Uayt sindromida ushbu verapamilni qoʻllash mumkin emas .