Ventil fotoelementi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ventil fotoelementi - yorugʻlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan yarimoʻtkazgich asbob. Ishi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 1953-yil kremniy (Si) monokristallidan f.i. k. 6% boʻlgan V. f. olindi, keyinchalik f. i. k. 15% gacha yetkazidsi. F. i. k. 1% gacha boʻlgan oddiy V. f. asosan avtomatikada qoʻllaniladi. Kremniy V. f. sunʼiy yoʻldosh va kosmik kemalar bortiga ham oʻrnatiladi, oʻlchov asboblarini elektr energiyasi bilan taʼminlab turadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil