Vena (shahar)
Bu sahifa ustida ishlanmoqda. Agar yordam bermoqchi bo‘lsangiz yoki ish yarim qolgan bo‘lsa, tahrirlayotgan foydalanuvchiga xabar berishingiz mumkin. Agar bu sahifaga so‘nggi yetti kun ichida o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa, andoza sahifadan olib tashlanadi. Eng so‘nggi tahrir, 2 oy avval Javlonbekvikkiuz (hissa | log) tomonidan amalga oshirildi (). |
Vena Wien | |
|---|---|
|
| |
| 48°12′30″N 16°22′21″E / 48.20833°N 16.37250°E | |
| Hukumat | |
| • Mer | Michael Ludwig |
| Maydon | 414.78 km2 (160.15 kv mi) |
| Markazi balandligi | 151 m |
| Aholisi | 2,028,499 |
|
| |
Vena (nemischa: Wien) — Avstriya poytaxti, eng yirik shahri va Avstriyaning to'qqiz federal shtatlaridan biridir. Ikki milliondan oshiq aholi bilan Vena Avstriyaning primat shahridir. Vena metropoliten hududi aholisi 2.9 million kishi bo'lib, bu mamlakat aholisining salkam uchdan birini tashkil qiladi. Vena mamlakatning madaniy, iqtisodiy va siyosiy markazi, Yevropa Ittifoqidagi beshinchi yirik shahar hamda Dunay daryosi bo'yidagi eng yirik shahardir.
Shahar Vena o'rmonlarining (Wienerwald) sharqiy qismida, Alp tog'larining shimoliy yonbag'rilarida joylashgan bo'lib, Pannoniya tekisligida joylashgan Vena shahrini Alp tog'lari Avstriyaning g'arbiy qismlaridan ajratib turadi. Shahardan Dunay daryosi, shuningdek Wienfluss (Vena daryosi) ham oqib o'tadi. Vena shahri atrofini Quyi Avstriya shtati o'rab turadi va shahar Slovakiya chegarasi va poytaxti Bratislavadan 50 km g'arbda, Vengriya chegarasidan 60 km shimoli-g'arbda va Moraviya (Chexiya Respublikasi) chegarasidan 60 km janubda joylashgan.
Rimliklar miloddan avvalgi I asrda Vena hududida harbiy manzilgohga (castrum) asos solishgan va Pannoniya provinsiyasiga tegishli bu hududni Vindobona deb nomlashgan. 212-yilda shaharga municipium maqomi berilib, Rim shahri huquqlariga erishilgan. Bundan keyin shahar hududida lombardlar, Pannoniya avarlari va keyinchalik slavyanlar aholining asosiy qismini tashkil qilgan. VIII asrdan boshlab hududga Baiuvarii qabilasi kelib o'rnashgan. 1155-yilda Vena 976-1246-yillarda Avstriyani boshqargan Babenberglar sulolasi poytaxtiga aylandi. 1221-yilda Venaga shahar maqomi beriladi. XVI asr davomida Babenberglardan keyin hokimiyatga kelgan Habsburglar Venani Muqaddas Rim Imperiyasi poytaxtiga aylantirishadi. Shaharning bu maqomi, biroz muddatli uzilishni hisobga olmaganda, 1806-yilga qadar saqlanib qoldi.
Yangi davr davomida Vena dunyodagi eng yirik nemischa so'zlashiluvchi shaharlardan biri bo'lib qoldi. XVIII-XIX asrlar davomida Vena o'zining eng yirik hajmiga erishdi va XX asrga kelib, Berlin shahri tomonidan o'zib ketilguniga qadar o'z maqomini saqlab qoldi. Venada ko'plab xalqaro tashkilotlar, xususan BMT, OPEC va YXHT kabi tashkilotlar shtab-kvartiralari mavjud. 2001-yilda shahar markazi UNESCO Jahon Me'rosi maqomiga ega bo'ldi. 2017-yil iyul oyida esa shahar "Xafv ostidagi shaharlar" ro'yxatiga kiritildi.
Vena o'zining boy musiqa madaniyati bilan mashhur bo'lib, shaharda Beethoven, Brahms, Bruckner, Haydn, Mahler, Mozart, Schoenberg, Schubert, Johann Strauss I va Johann Strauss II kabi jahonga mashhur bastakorlar yashab ijod qilgan. XX asr boshlarida Venada Vena klassitsizmi yo'nalishi gullab-yashnadi va shahar Yevropa musiqasining markazlaridan biriga aylandi. Shahar dunyodagi birinchi psixoanalitik Sigmund Freudning ijod qilgan joyi hisoblanadi. Venaning tarixiy markazi turli-tuman me'moriy ansambllar bilan to'lib-toshgan. Bular uchun misol sifatida Barokko qasrlari va bog'lari, hashamatli binolar, haykallar va parklar bilan to'lib toshgan Ringstraßeni keltirish mumkin.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vena shahri rimliklar tomonidan Vindobona deb nomlangan va bu so'z keltcha toponim bo'lib, "oq makon" yoki "Vindos makoni" degan nomlarni anglatadi.[1] Bu nom milodiy VI asrdan keyin solnomalardan yo'qolib ketadi va so'nggi marotaba Jordanesning "Getica" asarida uchraydi. Shaharning nemischa nomi - Wien ("Vena" nomi shu nomdan olingan)
yuqoridagi rimliklar tomonidan qo'yilgan nomga aloqador emas, aksincha Wien daryosi nomi bilan bog'liq. Avstriyadagi daryo nomlari bilan nomlangan Steyr, Enns va Krems shaharlarini bunga misol keltirish mumkin. Ushbu nom birinchi marta Salzburg solnomalarida tilga olingan bo'lib, unda 881-yilda Wenia deb nomlangan joy jang maydoni bo'lgani haqida yoziladi. Bu nom oxir-oqibatda "o'rmon daryosi" ma'nosini anglatuvchi keltcha "Vedunia" so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.[2]
Venaning vengercha nomi Bécs bo'lib (shu nomdan serb-xorvat Beč va Usmonli turkcha Beç so'zlari kelib chiqqan), bu nom ehtimol "pech" ma'nosini anglatadi va bu X asrda hudud vengerlar hukmronligi ostiga tushib qolgan davrdan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.[3] Slovenchada shahar Dunaj deb nomlanadi va bu so'z Dunay daryosi nomi bilan bog'liq.
Sharqiy Avstriyadagi bavar lahjasida shahar Wean deb nomlangan, biroq bu nom bugungi kunda Venada so'zlashiluvchi nemischada qo'llanilmaydi.
- Vena - Wien
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vena shahrining rasmiy vebsayti (ingl.)
- Sayyohlar uchun Vena shahri haqida maʼlumot (ingl.)
- http://www.vho.at/embassy.en.html (Wayback Machine saytida 2006-01-13 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 2012. Deutsches Ortsnamenbuch Niemeyer, Manfred: . Berlin: De Gruyter — 689-bet. ISBN 978-3-11-025802-8.
- ↑ Frass, Otto (1972). „Die Namen der österreichischen Bundesländer, ihr Ursprung und ihre Bedeutung“ (PDF). Zeitschrift des Historischen Vereines für Steiermark. № 63. 30–34-bet.
- ↑ „Vol. 1. Vienna“, Wien: Geschichte einer Stadt Csendes, Peter; Opll, Ferdinand: . Böhlau, 2001 — 63-bet. DOI:10.7767/boehlau.9783205127727. ISBN 978-3-205-99266-0.
| Avstriya oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |