Velyur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Velyur (frans. velours — duxoba, lot. villosus — tukli, paxmoq) — 1) toza jun tolalaridan toʻqiladigan kalta tukli gazlama yoki kalta va mayin tukli mato (fetr); movutning bir turi. V. tuklari undan tikiladigan buyumlarga kurkam va bejirim koʻrinish beradi. Mayin junli qoʻy (merinos qoʻyi) ning aʼlo navli junini yigirib tayyorlangan tolalardan toʻqiladigan V.-drap juda qadrlanadi. V.dan ustki kiyim-boshlar, bosh kiyimlar va b. tikiladi. Koʻpchilik V.ni baxmal (duxoba) bilan adashtiradi. V. baxmaldan toʻqilishi bilan tubdan farq qiladi; 2) bugʻu, choʻchqa, qoʻy va b. mollar terisidan oshlab va xromlab tayyorlanadigan kalta tukli yumshoq baxmalsimon charm — zamsh. V. tayyorlashda sirkoniy yoki titan tuzlari ishlatiladi, albuminlar, kraxmallar, oʻsimlik yelimlari ham qoʻshiladi. Nam taʼsiriga chidamli boʻlishi uchun V.ga alyuminiy yoki xromli sovunlar, silikon bilan ishlov beriladi. V.dan asosan ustki kiyim-bosh va poyabzal tikiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil