Max Weber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Veber Maksdan yoʻnaltirildi)
Max Weber
Tavalludi 21-aprel 1864[1][2]
Vafoti 14-iyun 1920[3][1][2]
Fuqaroligi Prussiya qirolligi, Veymar Respublikasi va Germaniya imperiyasi
Otasi Max Weber
Onasi Helene Weber

Max Veber (Maks Veber) (1864.21.4, Erfurt — 1920.14.6, Myunxen) — nemis siyosiy iqtisodchisi, sotsiolog va siyosatchi. Tajribadan olingan bilim bilan taxminiy muhokamani bir-biriga aralashtirib yubormaslikni talab etgan. Marksizmga qarshi chiqqan. Gʻarbiy Yevropa kapitalizmi paydo boʻlishida protestantchilik juda katta ahamiyatga ega boʻlgan, deb hisoblagan.

Maks Veber- nemis sotsiologi. Dunyoqarashiga ko'ra pozitivizmga yaqin. Maks Veber fikricha, har qanday ijtimoiy-iqsodiy hodisaning mohiyati faqat uning obektiv jihatlari bilan emas, balki, tadqiqotchi nuqtayi nazariga ko'ra, shu hodisaning madaniy jarayonda qanday rol o'ynashi bilan belgilanadi. Veber falsafa va sotsiologiyaga "ideal tip" tushunchasini olib kirdi. Ideal tip, Veber fikriga ko'ra borliqni aks ettirmaydi balki, alohida tushuncha va hodisalarni tizim holiga keltirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ideal tip tushunchasi, tub mohiyatiga ko'ra, marksizmdagi ijtimoiy-iqsodiy formatsiya tushunchasining muqobili sifatida yaratilgan edi. Veberning ijtimoiy falsafa va sotsiologiyadagi eng katta xizmatlaridan biri, uning asarlarida dinning ijtimoiy taraqqiyotda o'ynagan rolini tahlil qilib berishi bo'ldi. Veber din va jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan, umuman din to'g'risida emas muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to'g'risida fikr yuritdi. Veber nazariyasiga ko'ra boylik va boylik ortirishga intilishni unchalik xushlamaydigan xiristian dini mazhablari iqsodiy taraqqiyotga muayyan darajada to'sqinlik qilganlar. Boylikni xudoning ne'mati, unga intilishni esa bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqsodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Veber talqinida protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablardan edi. Dinlarni tahlil qilar ekan Veber ular sanoat kapitalizimi rivojlanishiga g'ov bo'lmoqda, degan xulosaga keldi. Moliyaviy munosabatlarga cheklovlar qo'yish, ijtimoiy hayotga passiv munosabatni targ'ib qilish orqali bu dinlar, Veber fikricha, ijtimoiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi. Uning talqinida protestantlik mazhabi hayotdagi adolatsizlikni passiv kuzatib o'tirmay, uni bartaraf etish uchun faol kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga katta turtki beradi. Asosiy asarlari: "Milliy davalat va xalq xo'jalik siyosati" (1895), "Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi"(1905), "Xo'jalik va jamiyat" (1920).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

1.Falsafa qomusiy lugʻat. " Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti ". " SHarq " nashriyot — matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent — 2004. 48 bet


  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)