Veber-fexner qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veber-fexner qonuni - psixofizikaning asosiy qonuni, nemis fiziologi va anatomi E. G. Veber ochgan (1834) va fizik G. T. Fexner uni rivojlantirgan. Bu qonunga asosan, birbiriga yaqin boʻlgan ikki taʼsirotni farq qilish faqat taʼsirot kuchiga emas, balki reseptorlar (mas., teridagi bosim sezuvchi hujayralar) ning zich va siyrakligiga, markaziy nerv sistemasining funksional holatiga ham bogʻliq. V.—F. q.ga koʻra taʼsirot kuchi geometrik progressiya (1, 2, 4, 8, 16 va h. k.) bilan oshea, sezgi kuchi arifmetik progressiya (1, 2, 3, 4, 5 va h. k.) bilan oshadi. Lekin taʼsirot juda kuchsiz yoki juda kuchli boʻlganda V.—F. q. aytarli toʻgʻri kelmasligi keyingi tadqiqotlarda aniqlandi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil