Vazopressin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vazopressin (lotincha: vas — tomir va presso — bosaman), antidiuretik gormongipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Bu gormon gipofiz bezining orqa bo‘lagiga quyiladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari orqali gipofizga oʻtadi, undan qonga ajraladi. Vazopressin antidiuretik taʼsir koʻrsatganligi uchun umurtqali hayvonlar bilan odam organizmida suvtuz almashinuvini deyarli bir meʼyorda saqlab turadi. Bu gormon yetishmaganda qandsiz diabet paydo boʻlishi mumkin. Tarkibida Vazopressin bor preparatlar gipofizning orqa boʻlagidan olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil