Vazelin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VAZELIN (frans. vaseline, nem. wasser— suv va yun. elaion — zaytun moyi) — mineral moy bilan qattiq uglevodorodlar (parafin, serezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, taʼmi yoʻq. 37—50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qoʻllash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. V. kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qoʻllaniladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir etadi va terini har xil zararli taʼsirlardan saqlaydi; texnik maqsadlarda (qogʻoz, mato va sh. k. ga singdirish uchun), shuningdek elektrotexnika va lab. amaliyotida, texnikada antifraksion va himoya qiluvchi surkov moyi sifatida ishlatiladi.Vazelin moyi (parafin moyi)— neft distillatini tozalab olina-digan uglevodorodlar aralashmasi, tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi (surunkali qabziyatda kuniga 1—2 osh qoshiqsan ichiladi) va surtmaga qoʻshiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil