Vayjantemala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vayjantemala (1931. 25.6, Maysur sh.) — hind raqqosasi va kino aktrisasi. Sanʼatkorlikni onasidan oʻrgangan. V. juda yoshligidan eʼtiborli kishilar davrasida (hindlarning anʼanalariga koʻra) raqsga tushishdek katta imtiyozga ega boʻldi va koʻp oʻtmay hind raqs sanʼatining mashhur ijrochisiga aylandi. V. raqs sanʼatining yuqori choʻqqisi boʻlgan mumtoz uslubdagi "Bharat Natyam" raqslarining ham mohir ijrochisi. Kinoda 16 yoshidan suratga tusha boshlagan. "Yangi Dehli", "Chaqiriq", "Ganga va Jamna", "Prokurorning oʻgʻli", "Sangam" filmlarida bosh rollarni — muhab-bat sanamlari timsolini gavdalantirdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil