Vaygach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

VaygachShim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya oroldan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km²,uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq sichqon kabi hayvonlar uchraydi. Qirgʻoq yaqinida morj va tyulen koʻp. 1950 yildan qutb stansiyasi ishlab turibdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil