Vavel ajdahosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vavel ajdahosi (polyakcha: smok wawelski) ― afsonaviy ajdaho boʻlib, u Krakovdagi Vavel tepaligi etagidagi gʻorda (Ajdaho chuquri deb ataladi) yashagan ekan.

Afsona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vinsenti Kadlubek[1] tomonidan bayon etilgan ushbu afsonaning eng qadimiy (XII asr) versiyasiga koʻra, qirol Krak (Krakovning afsonaviy asoschisi, shahar nomini olgan) davrida Krakovda tirikyutar (polyakcha: całożerca, lotincha: holophagus — yaʼni qurbonlarini butunicha yutib yuboradigan jonzot) degan mavjudot — ajdaho paydo boʻlgan. Ajdahoga haftada bir marta sigir keltirish kerak edi; Agar unga yemish keltirishmasa, evaziga u odamlarni yutib yuborardi. Shaharni yovuz hayvondan qutqarish uchun Krak ikki oʻgʻli Krak va Lexni ajdahoni oʻldirishga yubordi. Oʻgʻillari jangda ajdahoni yenga olmay, hiyla-nayrangga oʻtishadi. Ular sigirning terisini oltingugurt bilan toʻldirishadi va ajdaho bu tulumni yutib, boʻgʻilib oʻladi. Yovuz maxluqning oʻlimidan soʻng, aka-uka gʻalaba qaysi biriga tegishli ekanligi haqida tortishib qoladi. Inisi Lex ogʻasini oʻldiradi va qalʼaga qaytib, Krak ajdaho bilan jangda halok boʻlganini aytadi. Biroq, birodarkushning siri oshkor boʻladi va Lex mamlakatdan chiqarib yuborilib, shahar aybsiz oʻldirilgan Krak sharafiga nomlanadi.

Yan Dlugosh yilnomasida ajdaho ustidan qozonilgan gʻalabani qirolning oʻziga bogʻlagan va birodarkushlik voqeasini Krak allaqachon vafot etgan vaqtga koʻchirgan.

Afsonaning yana bir versiyasi (XVI-asr), Yoaxim Belskiyga tegishli boʻlib, unda etikdoʻz Skuba ajdahoni magʻlub etgani aytiladi. U yirtqich hayvonga oltingugurt toʻldirilgan buzoqni tashlaydi. Buzoqni yegan ajdahoning tomogʻi shunchalik kuya boshlaydiki, Vislaning yarmini ichib, yorilib ketadi.

Obrazlashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda Krakovdagi Chervenskiy bulvaridagi Vavel tepaligi yaqinida ajdaho haykali oʻrnatildi, uning muallifi polshalik haykaltarosh Bronislav Xromiydir. Ajdaho har 5 daqiqada yoki 7168 raqamiga „smok“[2] matnini yuborganda olov chiqaradi.

2015-yilda «Allegro»(ingl.) Legendy Polskiye seriyasidan (hisobda birinchi) qisqa metrajli film suratga oldi, unda ajdaho devqomat va tatuirovkali kishi (daniyalik bodibilder Ким Колд(ingl.)oʻynagan) boʻlib, uning ulkan uchuvchi mashinasi boʻladi. Ajdaho goʻzal qizlarning ashaddiy muxlisi boʻlib, ularni oʻgʻirlab ketadi va qishloq villalaridan birida yashirib saqlaydi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mistrz Wincenty tzw. Kadłubek: Kronika Polska. Wrocław: Ossolineum, 2008. ISBN 83-04-04613-X.
  2. Pracowity smok wawelski(pol.)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]