Vatan o‘g‘lonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vatan oʻgʻlonlari
Сыны Отечества
Rejissyor(lar) Latif Fayziyev
Ssenariynavis(lar)

Sarvar Azimov,

Nikolay Rojkov
Studiya(lar) „Oʻzbekfilm“
Chiqarilgan sanasi 1968
Davomiyligi 90 min.
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR

“Vatan oʻgʻlonlari”1968-yilda rejissor Latif Fayziyev tomonidan suratga olingan sovet filmi hisoblanadi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchta novelladan iborat film-triptixi: “Taqdiri bir insonlar”, “Yolgʻon”, “Roʻyo” – turli odamlarning bir mavzu va sodir boʻlgan bir voqeasi haqida.

Ushbu film voqealari 1960-yillar oʻrtalarida boʻlib, nemis kanslagerlaridaga mahbuslar chizgan rasmlar boʻyicha koʻrgazma boʻlib oʻtadi. Chizilgan suratlarning birida oʻqituvchi Yelena Salimova turmush oʻrtogʻi chizgan suratidan tanib qoladi. Koʻrgazma tashkilotchisi germaniyalik nemis Yogann Kultsher ta’kidlashicha, bu portret 12128-sonli asirga, kanslagerida vafot etgan taniqli rangtasvir rassomi yahudiy Mark Gelsga tegishli, bu uning chizgan rasmi, shaxsiy hujjatida mahkumning fotosurati borligini aytadi.

Yelena Germaniya Federativ Respublikasiga fotosuratni olgan ayol - Shpilxauzen konslagerida suratchi boʻlib ishlagan Xilda Xayns bilan uchrashish uchun boradi. Unda turmush oʻrtogʻi “Iskandar Salimov” imzosi qoʻyilgan avtoportreti bilan bir xil uslubdagi rasmi boʻladi... Xilda boʻlib oʻtgan voqealarni tafsiloti bilan aytib beradi. Shundan keyin Yelena oldiga konslagerning sobiq mullasi chiqadi - uning hikoyasi toʻliq boʻlmasa-da, lagerda nima boʻlganiga oydinlik kiritadi, faqatgina lagerning sobiq mahkumi bilan kechgan suhbati haqiqatni oshkor etishga imkon beradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh rollarda:

  • Lyudmila Xityayeva — Yelena Salimova, oʻqituvchi
  • Iyeva Murniyese — Xilda Xayns, konslager suratchisi, esesovkachi
  • Nodar Shashik-oglы — Iskandar Calimov, konslager mahbusi
  • Vladimir Korenev — Mark Gels, u «gung, soqov», konslager mahbusi
  • Zikir Muhamadjonov — Batirov, konslager mullasi
  • Algimantas Masyulis — Shtumpf, konslager komendanti
  • Albert Filozov — Otto fon Talvig, gauptshturmfyurer

Boshqa rollarda:

  • Igor Klass — esesovkachi-zobit, qoʻriqlash boshligʻi
  • Oleg Xromenkov — qoʻriqchi-esesovkachi
  • Lev Jukov — nemis zobiti
  • Stanislav Fesyunov — Gans Salindorf, konslager mahbusi
  • Nabi Rahimov — Vahobov, konslager mahbusi
  • Oʻlmas Alixoʻjayev — “Fokuschi”, konslager mahbusi
  • Mirza Dadabayev — konslager  “qariyasi”,
  • Toʻgʻon Rejametov — konslager mahbusi
  • Javlon Hamroyev — konslager mahbusi
  • Isamat Ergashev — konslager mahbusi
  • Roshel Morduxayev — konslager mahbusi
  • Abdusalom Rahimov — konslager mahbusi
  • Yuozas Urmanavichyus — Iogann Kultsher, koʻrgazma tashkilotchisi GFRdan
  • Shukur Burhonov — haykaltarosh
  • Maryam Yoqubova — muzeyga tashrif byuruvchi
  • Lutfixonim Sarimsoqova — muzeyga tashrif buyuruvchi
  • Mannon Ubaydullayev — epizod
  • Hikmat Latipov — epizod

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

СЫНЫ ОТЕЧЕСТВА (1968)Kino-teatr.ru

Сыны отечестваYoutube.com