Vasylkiv mayolika xoʻrozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasylkiv mayolika xoʻrozi
: '
Rassom Protoriev Valerii Semenovych, Protorieva Nadiia Yukhymivna
Yil 1960—1980-yillar
Material mayolika

Vasilkiv mayolika xoʻrozi (ukraincha: Півник васильківської майоліки) Valeriy Protoriev va Nadiya Protorieva muallifligida yaratilgan vaVasilkovdagi mayolika fabrikasi ishlab chiqargan bezak buyumlari. Ushbu sanʼat asari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida (2022) Borodiankadagi uylardan birining surati internetga tarqalgach, chidamlilik timsoliga aylandi. Kvartira deyarli butunlay vayron boʻlganiga qaramay, devordagi oshxona shkafi saqlanib qolgan edi. Yaqinroqdan qaralganda, shkaf tepasida dekorativ mayolika xoʻrozi koʻrinadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasilkiv mayolika xoʻrozining kelib chiqish tarixi 18-asrga toʻgʻri keladi. Oʻsha paytda Vasilkov shahri Ukrainada kulolchilik ishlab chiqarishi markazi boʻlgan. Vasilkovda mayolika kulolchilik namunalari yaratish anʼanasini mintaqaga Italiyadan mohir hunarmandlar olib kelgan. Mahalliy hunarmandlar sohani yanada rivojlantirgan. Ushbu sanʼat turi Ukraina xalq sanʼati va madaniyati ramziga aylandi[2][3].

Xoʻroz 1960-yillar boshidan 1980-yillargacha Vasilkovdagi mayolika zavodida ishlab chiqarilgan[4]. Borodyankadagi vayron boʻlgan uydagi xona bilan omon qolgan xoʻroz surati butun dunyoga mashhur boʻlgach, ukrainalik ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu sanʼat asariga qiziqish bildirildi. Xonani Yelizaveta Servatinska payqab, suratga olgan. Kiyev shahar kengashi deputati Viktoriya Burdukova esa barchaning eʼtiborini xoʻrozga qaratdi[5].

Xoʻroz xona bilan birgalikda Milliy qadr-qimmat inqilobi muzeyi ekspozitsiyasiga olib borildi[6][7].

Mualliflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vayron boʻlgan uyda omon qolgan shkafdagi sopol xoʻroz. Borodyanka, 2022-yil aprel

Asar dastlab xatolik tufayli Prokop Bidasiukga tegishli deb hisoblandi[8].

Vasilkiv mayolika fabrikasining bosh rassomi Sergey Denysenko xoʻrozning muallifligi Valeriy Protoryev va uning rafiqasi Nadiyaga tegishli deb hisoblaydi[9][10].

Ramz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pysanka Borodyanka xoʻrozi bilan

Portlashdan omon qolgan va devorida xoʻroz boʻlgan oshxona shkafi matonat va qatʼiyat ramzi boʻldi. Ushbu holat boʻyicha „Ushbu oshxona kabineti kabi kuchli boʻling“ mazmunidagi memlar paydo boʻldi[11]. U, shuningdek, magʻlubiyatsiz Ukraina ruhi ramzi sifatida ham tilga olinadi[12].

Xoʻroz Aleksandr Grexov, Dima Kovalenko, Injir mushuk rasmlarida ham uchraydi. Mahalliy onlayn bozorlarda u faol qidirilmoqda.

Xoʻroz pysanky (Pasxa tuxumlari) uchun mashhur mavzulardan biriga aylandi. Masalan, litvalik dizayner Laimės Kūdikis uni tuxumlardan biriga joylashtirdi[13]. 2022-yil 9-aprelda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi chogʻida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy[14] xuddi shunday sopol xoʻrozlar sovgʻa qilgan edi[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „На кухонній шафі, яка вціліла після обстрілів в Бородянці, впізнали керамічного півника з Василькова“. Українська правда _Життя. 9-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  2. Kozak, Svitlana, Ukrainian Folk Art: Vasylkiv Maiolica Rooster, Journal of International Womenʼs Studies, vol. 13, no. 2, 2012, pp. 157-168.
  3. Oksana Kharchenko, Traditional Ukrainian Ceramics
  4. „Чи можливо відновити виробництво васильківських півників, одного з яких подарували Борису Джонсону?“. Рукотвори. 25-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  5. „Історія кухонної шафки з півником: як одне фото з руїн Бородянки стало вірусним“ (ukraincha). BBC News Україна. 11-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  6. Павлюк. „Кухонна шафка з Бородянки стала надбанням Національного музею Революції Гідності“. Suspilne (17-aprel 2022-yil).
  7. „Символ стійкості українців – кухонна шафа з керамічним півником із деокупованої Бородянки – відтепер є надбанням музейного фонду України“ (ukraincha). www.maidanmuseum.org. 16-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2022-yil.
  8. „На кухонній шафі, яка вціліла після обстрілів в Бородянці, впізнали керамічного півника з Василькова“. Українська правда _Життя. 9-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  9. „Півник з кухонної шафки в Бородянці. Як предмет Васильківської майоліки став символом стійкості України та прославився на весь світ“ (ukraincha). nv.ua. 11-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  10. „Чи можливо відновити виробництво васильківських півників, одного з яких подарували Борису Джонсону?“. Рукотвори. 25-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  11. „Історія кухонної шафки з півником: як одне фото з руїн Бородянки стало вірусним“ (ukraincha). BBC News Україна. 11-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  12. „Вцілілий керамічний півник в Бородянці став символом незламності українського духу“ (ukraincha). Горинь інфо. 25-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
  13. „ВЕЛИКОДНІ ПОДАРУНКИ НАШИХ ПОБРАТИМІВ — Телеканал I-UA.tv“ (uk-ua). i-ua.tv (2022-yil 23-aprel). 25-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  14. Дим. „"Півник – символ перемоги": як проста перехожа в Києві завдяки випадковості подарувала Зеленському і Джонсону символічні сувеніри“ (ukraincha). Новинарня (9-aprel 2022-yil). 9-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  15. „Джонсону подарували півника з відомої шафки, що вціліла у Бородянці“ (ukraincha). www.golos.com.ua. 9-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.