Vaskulit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vaskulit (lot. vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi V. farq qilinadi. Ikkilamchi V.ga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali kizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va h.k.) kasalliklar sabab boʻladi. V.ga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar vaanevrizma paydo boʻlishi mumkin. Davo V.ga sabab boʻlgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil