Vasiliy Vasilyevich Struve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vasiliy Vasilyevich Struve [1889.21.1(2.2) — hozirgi Sankt-Peterburg — 1965.15.9] — rus sharqshunosi, Qad. Sharq mamlakatlari tarixini oʻrganish boʻyicha mutaxassis. SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1935), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1943), tarix fanlari doktori (1934). Peterburg universitetini tugatgan (1911). Leningrad universitetida kariyb 50 yil dars bergan (1916—65); Ermitajning Misr boʻlimi mudiri (1918 — 33), SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya (1937—40) va Sharqshunoslik institutlari (1941—50) (1959 yildan 1965 yilgacha shu intning Qad. Sharq boʻlimi mudiri) direktori. Urush yillari (1941 yildan) Toshkentda yashagan. 2 jilddan iborat Oʻzbekiston tarixini yaratishda bevosita ishtirok qilib, respublikada tarix fanining rivojiga maʼlum hissa qoʻshgan. Qad. Sharq, jumladan, Qad. Misr, Shumer, Bobil, Ossuriya, Urartu, Eron, Falastin, Kichik Osiyo, Qora dengiz soxili va Oʻrta Osiyo tarixi va madaniyati tarixiga oid asarlar muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • Istoriya Drevneyu Vostoka, M., 1941; Etyudoʻ po istorii Severnogo Prichernomorya, Kavkaza i Sredney Azii, L., 1968.