Kontent qismiga oʻtish

Vasil Popadyuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vasil Popadyuk
Tavalludi 16-yanvar 1966-yil (1966-01-16) (59 yosh)
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi musiqachi, skripkachi, pianinochi
Faoliyat yillari 1986—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Solomiya Xmara
Bolalari Moryana, Sofiyka va Katrusya
Otasi Vasil Ivanovich Popadyuk
Onasi Svitlana Popadyuk

Vasil Vasilovich Popadyuk (ukraincha: Василь Васильович Попадюк; 1966-yil 16-yanvar, Lvov) – „Ukrainalik Paganini“ nomi bilan tanilgan ukrainalik musiqachi, skripkachi, pianinochi, „PapaDuke“ guruhining asoschisi, guruhi bilan dunyo boʻylab sayohat qilib, jahon musiqa uslublarida, shuningdek, latino, loʻli va jaz uslubida musiqa ijro etishadi. Popadyuk 15 ta musiqa asbobini chalishni biladi, guruhdagi musiqachilarning har biri ham turli musiqa asboblarini chalishadi. Shuningdek, Popadyuk bastakor ham. 2009-yilda Ukrainaning xizmat koʻrsatgan artisti unvoni bilan mukofotlangan[1].

Popadyuk sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi Svitlana Popadyuk rassom, otasi esa Ivano-Frankivsk viloyatining Kolomiyskiy tumanidagi Mishino qishlogʻidan chiqqan mashhur fleytachi Vasil Ivanovich Popadyuk (1940—1991). Otasi Grigoriy Verevka nomidagi xor aʼzosi boʻlib, „Uchlik musiqachilari“ ansamblini boshqargan[1].

Vasil Popadyuk yetti yoshidan boshlab Mikola Lisenko nomidagi Kiyev ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida klassik musiqa boʻyicha taʼlim olgan. Soʻngra Chaykovskiy nomidagi Ukraina Milliy musiqa akademiyasiga oʻqishga kirgan va keyinchalik Lisenko nomidagi Lvov musiqa akademiyasining sirtqi boʻlimiga oʻtgan[2].

Popadyuk harbiy xizmatini Kiyevda qoʻshiq va raqs ansamblida oʻtagan boʻlib, bu ansambl Chernobil falokatini bartaraf etuvchilar uchun muntazam ravishda konsertlar bergan[3][4]. Keyinchalik 1988-yilda shifokorlar Vasil Popadyukka yashash joyini oʻzgartirishni tavsiya qilishgach, Moskvaga koʻchib oʻtib, u yerda ishlashni boshlagan. Moskvada Volodimir Nazarov rahbarligidagi „Jahon musiqasi teatri“da ishlagan, teatrda dunyoning oʻnta yangi milliy cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgangan. 1993-yilda Kiyevga qaytib kelgan va u yerda „Gopak“ ansamblida faoliyat olib borgan, shuningdek, „Romanlar“ loʻlilar davlat teatri bilan hamkorlik qilgan[5].

1997-yildan boshlab Toronto va Ottavada yashagan va ishlagan. Ukrainalik siyosatchi va sovet dissidenti Stepan Xmaraning qizi Solomiya Xmaraga uylangan. Ularning Moryana, Sofiyka va Katrusya ismli uchta qizi bor. Oilada ukrain tilida muloqot qilinadi[6].

2003-yilda „Big Musical Canadian Dream“ nomli teleshouda qatnashib, 15 ming nafar boshqa skripkachi bilan bellashgan. Final bosqichida Vasil hutsullar musiqasini ijro etib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[7].

2022-yil may oyida Popadyuk oʻz guruhi bilan Kanadadagi Zoetic teatrida kontsert berdi[8][9].

2023-yil 27-yanvar kuni Ukrainaga tez yordam mashinalarini olishga mablagʻ yigʻish uchun Alcalá de Henaresda Paco de Lucíaning munitsipal tomosha zalida konsert bergan[10]

2022-yil aprel oyida Lugansk bolalar kasalxonasiga mablagʻ yigʻish uchun Reginada (Kanada) Conexus sanʼat markazida boʻlib oʻtgan konsertda ishtirok etgan[11].

  1. 1,0 1,1 „16 de enero – Nacimiento de Vasyl Popadyuk“ (es). ConUcrania (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  2. „Biografía de Vasyl Popadiuk“ (es). Last.fm. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  3. Piñeiro. „Liquidadores de Chernóbyl“. Una breve historia. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  4. Parfitt, Tom (April 22, 2006). "Opinion remains divided over Chernobyl's true toll" (English). The Lancet 367 (9519): 1305–1306. doi:10.1016/S0140-6736(06)68559-0. ISSN 0140-6736. PMID 16637114. https://www.thelancet.com/journals/lancet/article/PIIS0140-6736(06)68559-0/abstract. 
  5. „Vasyl Popadiuk Papa Duke“ (en). Ethnocloud. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  6. „Vasyl Popadiuk staging Ukraine benefit concert in Regina“. leaderpost. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  7. „Capital Ukrainian Festival – Vasyl Popadiuk and the Papa Duke Band“. www.capitalukrainianfestival.com. 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  8. „UKRAINIAN BENEFIT CONCERT FEATURING VASYL POPADIUK & THE PAPA DUKE BAND (7:00PM EVENING))“. Ticketleap. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  9. „Children of Ukraine Benefit“ (en-US). Winspear Centre. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  10. „Concierto benéfico del violinista Vasyl Popadiuk“ (es). ConUcrania (2023-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  11. „Vasyl Popadiuk staging Ukraine benefit concert in Regina“ (en-CA). leaderpost. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.