Varzik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu qishloq Namangan viloyati Chust tumanining simoliy-sharqiy qismida joylashgan bo'lib er maydoni va aholi soni jihatidan eng oldingi o'rinni egallaydi. Qishloqda yashovchi aholi asosan utroq xalq bo'lganligi sababli azal-azaldan qihloq xo'jaligining dehqonchilik va qisman chorvachilik turi bilan shug'ullanib keladi. Buning asosiy sababi shundaki qishloqning jug'rofiy jihatdan joylashuvi asosan tekislik bo'lib simoliy qismlari past tog'lik zonadan iboratdir. Shu bois aholining dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun qulay jug'rofiy hududga egadir. Aholi bundan tashqari ajdodlardan avlodlarga me'ros bo'lib kelayotgan hunarmandchilikni ham o'z navbatida kanda qilmasdan davom ettirib kelmoqdalar hamda bu erda savdo-sotiq ishlar va aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi rivojlanib bormoqda.