Varikond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varikond (ing . vari (able) - oʻzgaruvchan va cond (enser) — kondensator) — tashqi elektr maydoni taʼsirida sigʻimi oʻzgaradigan kondensator. V. segneto-elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi tashqi elektr maydoniga bogʻliqligiga asoslangan. V. tayyorlanadigan material (mas., bariy titanat)ga turli aralashmalar qoʻshib, uning xususiyatini oʻzgartirish mumkin. V. dielektrik kuchaytirgichlarda vakuum lampalar oʻrnida ishlatiladi. Uzoq, muddat ishlaydi, yengil, zarbalarga chidamli. V.ning quvvatni kuchaytirish koeffitsiyenti katta. V. elektr signallarni oʻzgartiradi va kuchaytiradi, tok va kuchlanishni bir meʼyorda ushlab turadi, quvvatni oshiradi va b. Avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, radioelektronika qurilmalarida qoʻllaniladi.

Varicond-ugo.jpg

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil