Kontent qismiga oʻtish

Vardanakert jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vardanakert jangi
Sanalar taxminan 702/703
Urush yeri Varnakert, Armanistonning shimoli, Ararat tog‘i yaqini, Araz daryosi sohillarida joylashgan
Natija armanlar gʻalaba qozongan
Qoʻmondonlar
Umaviylar xalifaligi
  • Armaniston ostikani
Arman podsholigi
  • Smbat VI Bagratuni
Kuchlar
8 000
  • yoʻqotishlar:
    7 700 nafari oʻldirilgan, 300 asir olingan
2,000
  • yoʻqotishlar:
    300 nafari oʻldirilgan

Vardanakert jangi – 703-yilning yanvar oyida arab garnizoni hamda armanlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang[1][2]. Arman shahzodasi Smbat VI Bagratuni Naxichevandagi 5000 kishilik Umaviylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan[3]. Kutilmaganda raqib hujumiga uchragan arablar Araz daryosiga qochib, oʻsha yerda choʻkib ketgan yoki sovuqdan halok boʻlgan[3]. Vizantiya hukumati tomonidan hokim etib tayinlangan Smbat Armanistonning katta qismini qayta zabt etishga va arablarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq boʻlgan[4].

Oradan koʻp oʻtmay, Umaviy sarkardalari Muhammad ibn Marvon va Maslama ibn Abdulmalik Armanistonni yana tobe qilgan. 704-yilda musulmonlar nazoratini mustahkamlash maqsadida Naxichevan soborida arman zodagonlarini ommaviy qirgʻin qilishgan va soborni yoqib yuborishgan[4].

  1. The Church of the Holy Cross of Ałt'amar: Politics, Art, Spirituality in the Kingdom of Vaspurakan (en). BRILL, 2019-08-05 — 149-bet. ISBN 978-90-04-40099-3. 
  2. Hacikyan, Agop Jack. The Heritage of Armenian Literature (en). Wayne State University Press, 2000 — 146-bet. ISBN 978-0-8143-3023-4. 
  3. 3,0 3,1 Hoyland 2015.
  4. 4,0 4,1 Macler 1923.