Vaqtinchalik boshqa vazifani bajarish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaqtinchalik boshqa vazifani bajarish — OʻzR MKning 160- moddasiga muvofiq, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda vaqtinchalik ish joyida boʻlmagan xodimning mehnat vazifalarini bajarishni vaqtincha boshqa xodim zimmasiga yuklatishi. Bu, albatta, xodimning funksional vazifalari yoki mansab yoʻriqnomasida belgilangan boʻlishi zarur. Oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun hodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari oʻrtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi