Vaqt tenglamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaqt tenglamasi - haqiqiy Quyosh vaqti (T„) bilan oʻrtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib To aniqlanadi va T„=T||t1 topiladi. Vaqt tenglamasi qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (baʼzan, teskari ishora bilan) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan oʻlchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti Yerning oʻz orbitasi boʻylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga ogʻmaligi natijasida tekis oʻtmaydi. Shuning uchun Vaqt tenglamasi ikkita sinusoida yigʻindisidan iborat boʻladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. Vaqt tenglamasi 15 aprel, 14 iyun, 1 sentabr, 24 dekabrda nolga tenglashadi, yiliga 4 marta: 11 fevralda 14,3 min., 15 mayda 3,8 min., 27 iyulda 6,4 min. va 2 oktabrda 16,4 min. eng katta mutlaq qiymatga erishadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil