Vanessa Feliciano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vanessa Felciano Ebert (1990-yil 1-iyun, Braziliyaning Santa Catarina shtatidagi Rio de Sul shaharchasida tugʻilgan)[1] — braziliyalik ayol shaxmatchi. U FIDE Xalqaro Ayol ustasi (WIM) unvoniga ega.

Vanessa Feliciano
Toʻliq ismi Vanessa Feliciano Ebert
Mamlakat Braziliya bayrogʻi Braziliya
Tugʻilishi 1 June 1990 (1990-06) (yoshi 33)
Rio do Sul, Santa Catarina, Braziliya
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2188 (mart 2018-yil)
Yuqori reytingi 2290 (noyabr 2014-yil)

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vanessa Felciano Ebert 1998-yilda sakkiz yoshida rasmiy shaxmat turnirlarida debyut qildi. U 10 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Catarinense chempionatida gʻoliblikka erishdi va bir necha kundan keyin u xuddi shu yosh guruhida Braziliya vitse-chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.[1] Shuningdek, Vanessa Feliciano har xil tayanch toifalarda 12 ta davlat unvonlari va 5 ta milliy unvonlarni ham qoʻlga kiritib, gʻalaba qozonishda davom etdi. Eng ahamiyatli muvaffaqiyatlari, xuddi usha yilining oʻzida uning Santa Catarina shtatida shaxmatchi yoshlar chempionatidagi, Blumenau, (2006-yil) va Taubaté shahrida boʻlib oʻtgan Braziliya yoshlar chempionatidagi qozonilgan gʻalabalaridir. Santa-Catarina shaxmatining asosiy toifasida u atigi 11 yoshda boʻlgan 2001-yilgi davlat chempioni unvonini olganligi bilan ajralib turadi.[2][3][4]

Vanessa Feliciano Braziliya nufuzini bir necha Janubiy Amerika, Panamerika va Jahon chempionatlarida himoya qilgan, shuningdek, 2008-yilda Drezdenda boʻlib oʻtgan Shaxmat Olimpiadasida va 2012-yilda Istanbulda boʻlgan 40-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada dona surgan.

Vanessa 9 ta ayollar shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Braziliya chempionatida qatnashib, ketma-ket ikki marta gʻalaba qozongan (2009—2010-yillar).[5]

Vanessa Feliciano 2013-yilda FIDE Xalqaro Ayol ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.[6]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Ellen Giese. „Dama em Xeque! WMI Vanessa Feliciano“ (pt-br). xadrezfeminino.wordpress.com (2013-yil 10-may). Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  2. „Enxadrista Vanessa Feliciano de Rio do Sul fica com a terceira colocação no Campeonato Brasileiro“ (pt-br). Educara Rádio 90.3 FM (26-fevral 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  3. „Vanessa Feliciano disputa final do Campeonato Brasileiro de Xadrez“ (pt-br). Jornal Alto Vale (19-fevral 2018-yil). 23-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  4. Vivian Heinrichs. „Entrevista com a WIM Vanessa Feliciano – BRA Feminino 2015“ (pt-br). xadreztotal.com.br (2016-yil 2-fevral). Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  5. Rafael Leitão. „Campeonato Brasileiro Feminino: Juliana Terao é Tetra!“ (pt-br). rafaelleitao.com (2017). Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  6. „Vanessa Feliciano Ebert - Primeira norma de WGM (Grande Mestre) do Brasil“ (pt-br). Federação Catarinense de Xadrez (15-fevral 2012-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.