Vali Nabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vali Nabiyevich Nabiyev (1916.31.1 — Gʻijduvon tumani — 1999.7.3) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi starshina. 16-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining 60-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar polki, 2-eskadron vzvod komandirining yordamchisi. 1936—38 yillarda armiya safida, Hasan koʻli yonidagi jangda qatnashgan. 1943-yil 18-sentabrda Dnepr daryosini birinchilardan boʻlib kechib oʻtishdagi jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944-yil 15-yanvar)[1]. Urushdan keyin Gʻijduvon shahrida yashagan. Gʻijduvon tumanida kolxoz raisi, kolxozlararo maishiy xizmat koʻrsatish kombinatining boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2001-yil 9-mayda Gʻijduvon tuman markazidagi Xotira maydonida byusti oʻrnatilgan, koʻchalardan biriga Nabiyev nomi berilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 января (№ 4 (264)). — С. 1.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil