Valentino Garavani
| Valentino | |
|---|---|
![]() Valentino 2007-yilgi Cannes kinofestivalida | |
| Tavalludi |
Valentino Clemente Ludovico Garavani 11-may 1932-yil[1] |
| Vafoti | 19-yanvar 2026[2][3] |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Taʼlimi | École des Beaux-Arts, Parij |
| Turmush oʻrtogʻi |
Marilù Tolo Giancarlo Giammetti |
| Otasi | Mauro Garavani |
| Onasi | Teresa de Biaggi |
| Mukofotlari | Italiya Respublikasi xizmatlari uchun ordeni, Mehnatlari uchun ordeni, Neiman Marcus, Fransiya Sharaf Legioni ritsari |
| Veb-sayti | valentino.com |
Valentino Clemente Ludovico Garavani (1932-yil 11-mayda tugʻilgan), Valentino nomi bilan tanilgan italiyalik dizayner, Valentino brendi va kompaniyasi asoschisi. Uning asosiy brendlari quyidagilardan iborat: Valentino, Valentino Garavani, Valentino Roma va R. E. D. Valentino.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Valentino 1932-yil 11-mayda Italiyaning Pavia provinsiyasi Voghera kommunasida dunyoga kelgan. Onasi unga mashhur aktyor Rudolph Valentinoning ismini qoʻygan[4]. U moda sohasiga Vogheradagi boshlangʻich maktabda oʻqib yurgan kezlarida qiziqib qolgan, shu paytda xolasi Rosa va mahalliy dizayner Ernestina Salvadeo (mashhur rassom Aldo Giorginining xolasi) qoʻl ostida amaliyot oʻtagan. Keyinchalik Valentino bu qiziqishini davom ettirish maqsadida onasi Teresa de Biaggi va otasi Mauro Garavanining yordami bilan Parijga koʻchib oʻtgan. U yerda Valentino École des Beaux-Arts va Chambre Syndicale de la Couture Parisienne maktablarida tahsil olgan[5].
Parijda amaliyot oʻtash uchun Valentino dastlab Jacques Fath, keyin esa Balenciagani tanlagan. Oxir-oqibat, Jean Dessès qoʻl ostida amaliyot oʻtagan va Countess Jacqueline de Ribesga liboslar dizaynini chizishda yordam bergan. Keyinchalik Valentino 2 yil davomida Guy Larochening uyida ishlagan.
Besh yil ishlagach, Valentino Saint-Tropezdagi taʼtilini uzaytirish bilan bogʻliq voqea tufayli Jean Dessèsdan ketgan. Shundan soʻng unga doʻsti Laroche unga yordam bergan va Valentino doʻstining kichik moda uyida faoliyat yurita boshlagan. Ota-onasi bilan maslahatlashgach, Valentino 1959-yilda Italiyaga qaytib, Rimda faoliyat boshlashga qaror qilgan. Dastlab Emilio Schuberthga shogird tushgan, soʻngra Vincenzo Ferdinandining atelyesi bilan hamkorlik qilgan va nihoyat oʻzining moda uyini ochgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Valentino Biography“. Biography.com. A&E Television Networks. 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-may.
- ↑ (unspecified title) — People.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Georgieva. „The Last Emperor: Inside the crazy world of Valentino“. The Independent (2012-yil 26-noyabr).
- ↑ „Valentino Garavani - Biography and Fashion Designs“ (de). Kraimod. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
