Valentina Kozlovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valentina Kozlovskaya

Kozlovskaya 1996-yilda
Toʻliq ismi Valentina Yakovlevna Kozlovskaya
Mamlakat Sovet Ittifoqi→ Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tugʻilishi 18-aprel 1938-yil (1938-04-18) (86 yosh)
Yessentuki, Sovet Ittifoqi
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2315 (January 1975)[1]
Kozlovskaya 1968 yil

Valentina Yakovlevna Kozlovskaya (ruscha: Валенти́на Я́ковлевна Козло́вская; 1938-yil 18-aprelda tugʻilgan) rossiyalik shaxmatchi. U 1976-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valentina Yakovlevna Kozlovskaya 1965-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Sovet Ittifoqi mamlakatlari orasida oʻtkazilgan chempionatda gʻolib boʻlgan. U 1966-yilda Gavanada boʻlib oʻtgan ayollar oʻ`rtasidagi shaxmat olimpiadasida gʻoliblikka erishgan Sovet Ittifoqi jamoasining aʼzolari safida edi.[2] Valentina Yakovlevna 1967-yilda ayol Kandidatlar turnirida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallaydi. Oʻsha yili Kiyevdagi ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda ayollar oʻrtasida jahon chempioni Nona Gaprindashvilidan birozgina ortda qolib, ikkinchi oʻringa loyiq koʻriladi. 1973-yilda Kozlovskaya ayollar oʻrtasidagi hududlararo turnirda gʻalaba qozondi va keyingi yili u Irina Levitina bilan boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida yutqazib qoʻydi. 1976-yilda Kozlovskaya RSFSR ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1979-yilda u Lyudmila Saunina bilan bir xil natija koʻrsatib birgalikda birinchi oʻrinni egalladi. Kozlovskaya 1996-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib boʻldi.[3] 2014-yilda esa u 65 yoshdan katta shaxmatchi ayollar toifasida Nona Gaprindashvilini ortda qoldirib, kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib sifatida etirof etildi.[4] Uning eng yuqori reyting balli 1975-yil yanvarda qayd etilgan boʻlib, 2315 ga teng.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kozlovskaya — mutaxassisligi boʻyicha biokimyogar hisoblanadi. U grossmeyster Igor Bondarevskiy bilan oila qurgan va hozirgi kunda beva.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Valentina Kozlovskaya FIDE rating history, 1972-2001 at OlimpBase.org
  2. Soviet Union, Individual Record. Womenʼs Chess Olympiads, OlimpBase
  3. Crowther. „The Week in Chess 107“. The Week in Chess (25-noyabr 1996-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2018-yil.
  4. 14th European Senior 65+ Ladies Chess Championship 2014. chess-results.com.