Valentin Fadeyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Valentin Aleksandrovich Fadeyev (1912.31.7, Namangan viloyati Ketmontepa qishlogʻi — 1975, ?) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1933—38). F. yaratgan asarlardagi yorqin oʻziga xos xususiyatlar nozik detallarda namoyon boʻladi, ularda zamon ruxi sezilib turadi: "Birinchi sinf oʻquvchisi"; "Qoʻgʻirchoq ushlagan qiz" (1952); "Tanya" (1953); "Duradgor portreti" (1954), "Krrovul" (1955), "Keksa kolxozchi Zulunbuva portreti" (1957), "Temirchi Yaxshiboy" (1958) kabi portretlar, tarixiy va boshqa mavzudagi asarlar, maishiy kartinalar, natyurmortlar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil