Valērijs Šabala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valērijs Šabala
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valērijs Šabala
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1994-yil (1994-10-12) (29 yosh)
Tavallud joyi Riga, Latviya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
KÍ Klaksvík
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2009 Daugava Rīga
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009 Daugava Rīga 2 (0)
2010 Olimps 21 (6)
2011—2013 Skonto Riga 77 (28)
2014—2017 Club Brugge 0 (0)
2014Skonto Riga (ijara) 9 (5)
2014Anorthosis Famagusta (ijara) 8 (0)
2015Jablonec (ijara) 9 (2)
2015—2016Miedź Legnica (ijara) 9 (3)
2016Příbram (ijara) 7 (2)
2016DAC Dunajská Streda (ijara) 13 (1)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Latviya U-17 5 (0)
2011—2012 Latviya U-19 13 (2)
2012—2013 Latviya U-21 3 (2)
2013— Latviya 53 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-sentyabr uchun)

Valērijs Šabala (1994-yil 12-oktyabrda tugʻilgan) — Latviyalik futbolchi, Farer orollarining KÍ Klaksvik klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skonto Riga[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning fevral oyida Šabala oʻsha paytdagi Latviya Oliy ligasi chempioni Skonto Riga jamoasiga qoʻshildi[1]. Klubdagi debyut mavsumida asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushardi. Umumiy 22 oʻyinda 2 ta gol urdi. Šabala oʻzining Skonto safidagi ligadagi birinchi golini 2011-yilning 25-sentyabrida JFK Olimpsga qarshi oʻyinda kiritdi. Oʻsha yili yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi va Ilmārs Liepiņš mukofotini oldi[2]. Mavsum davomida Šabala Arsenal, Watford va Udinese Calcio bilan qisqa muddatli sinovlardan oʻtdi[3].

Club Brugge[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 29-yanvarda Šabala Belgiya Pro-ligasi klubi Bruggega qoʻshildi va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin yarim mavsumga Skontoga ijaraga berildi[4]. Ijara davomida Šabala liganing 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi. Mavsum oldi tayyorgarlik davrini „Brugge“ safida oʻtkazgan Šabala 2014-yilning 22-avgustida Kipr birinchi divizioni Anortosis Famagusta klubiga yana ijaraga berildi[5].

Podbeskidzie Bielsko-Biała[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polsha, Chexiya, Slovakiya va Latviyadagi ijara muddatidan soʻng, 2017-yil 4-avgustda Šabala I liga vakili Podbeskidzie Bielsko-Byała bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[6]. 12 ta gol urib, I liganing 2018—2019-yilgi mavsumda eng yaxshi toʻpurarga aylandi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Šabala vatanining barcha yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan va Latviya milliy futbol terma jamoasi safida 2013-yilning 24-may kuni Qatarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[7]. Keyingi oʻyinda milliy terma jamoada Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol urdi[8] va Latviya terma jamoasi safidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Birinchi rasmiy oʻyini 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyin boʻldi[9].

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba:[10]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2013-yil 28-may Schauinsland-Reisen-Arena, Duisburg, Germaniya  Turkiya
2–3
3-3 Doʻstona
2.
3–3
3. 2013-yil 15-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya  Slovakiya
1–2
2–2
2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2014-yil 3-sentyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya  Armaniston
1–0
2-0 Doʻstona
5.
2–0
6. 2014-yil 13-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya  Turkiya
1–1
1–1
UEFA Yevro-2016 saralashi
7. 2015-yil 3-sentyabr Torku Arena, Konya, Turkiya  Turkiya
1–1
1–1
UEFA Yevro-2016 saralashi
8. 2015-yil 10-oktyabr Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya  Islandiya
2–2
2–2
UEFA Yevro-2016 saralashi
9. 2016-yil 29-mart Viktoriya stadioni, Gibraltar  Gibraltar
3–0
5–0
Doʻstona
10. 2016-yil 6-sentyabr Estadi Nacional, Andorra-la Vella, Andorra  Andorra
1–0
1–0
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
11. 2017-yil 10-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya  Andorra
2–0
4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
12.
3–0
13. 2017-yil 13-noyabr Adem Jashari Olimpiya stadioni, Mitrovitsa, Kosovo Kosovo
2–1
3–4
Doʻstona

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-iyul, 2014-yil[11]
Klub Mavsum Liga Kubok YYevropa Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
FK Daugava 2009-yil Virsliga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
JFK Olimps 2010-yil 21 6 0 0 0 0 1 0 22 6
Skonto FK 2010-yil 0 0 0 0 0 0 3 1 3 1
2011-yil 22 2 1 0 2 0 0 0 25 2
2012-yil 31 11 4 0 2 0 0 0 37 11
2013-yil 24 15 4 3 4 1 0 0 32 19
2014-yil 9 5 0 0 0 0 0 0 9 5
Jami faoliyati 109 39 9 3 8 1 4 1 130 44

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skonto FK
  • Latviya kubogi (1): 2011—2012
  • Boltiq ligasi (1): 2010—2011

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boltiq kubogi (1): 2014-yil

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Žuniors tuvu pārejai uz "Maccabi", Šabala pievienojas "Skonto"“. Sportacentrs.com (2011-yil 7-fevral). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  2. „LFF Gada futbola laureātu vakars 2011. gads“. LFF.lv (2011-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  3. „Valērijs Šabala: "Ir jākļūst šeit par labāko un tad var lūkoties ārzemju virzienā"“. H-side.lv (2011-yil 11-iyul). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  4. „"Skonto FC" vienojušies ar slaveno beļģu klubu "Club Brugge" par Šabalas pāreju“. Skontofc.com (2014-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  5. „Šabala apstiprina pievienošanos Kipras klubam "Anorthosis"“. Sportacentrs.com (2014-yil 22-avgust). Qaraldi: 2014-yil 24-avgust.
  6. „Šabala karjeru turpinās Polijas 1. līgā“. Sportacentrs.com (2017-yil 4-avgust). Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  7. „Žigajevs gūst skaistus vārtus; Latvijas futbolisti zaudē Katarai“. delfi.lv (2013-yil 24-may).
  8. „Latvijas futbolisti atspēlē divu vārtu deficītu un izrauj neizšķirtu pret Turciju“. delfi.lv (2013-yil 28-may).
  9. „Latvijas futbolisti mazākumā 'salūst' cīņā pret Bosniju un Hercegovinu“. delfi.lv (2013-yil 7-iyun).
  10. „NFT Profile“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  11. V. Šabala. Soccerway profile]
  12. „Strzelcy“. 90minut.pl. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.