Vakuum spektroskopiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakuum spektroskopiyasi -spektroskopiyanit ultrabinafsha (200—10 nm) va yumshoq rentgen nurlari (10 dan 0,4—0,6 nm) spektrlarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Toʻlqin uzunliklarining bu sohasida havo kuchli yutish xususiyatiga ega boʻlganligi sababli, spektral asboblar vakuumli boʻlishi, yaʼni ularning optik qismlari, nurlanish manbalari va qabul qilgichlari 10~4—10~5 mm sim. ust. bosimli germetik kameraga joylangan boʻlishi kerak. V.s.da nurlanish manbalari sifatida gaz razryadi, elektr yoyi, rentgen trubkalari va lazer nurlanishini vakuumda qattiq jismga fokuslash yordamida olinadigan plazmadan foydalaniladi. Spektrlarni olish usullaridan biri dasta-plyonkali usul boʻlib, unda atom yoki ionlar spektri tez ionlar dastasining yupqa folga (zarqogʻoz) orqali oʻtishi natijasida uygʻonadi. B.C. qattik, jismlar atomlari, ionlari, molekulalarining energetik strukturasini, oʻtishlar ehtimolligini va b. koʻrsatkichlarni tadqiq etishda foydalaniladi. V.s. yuqori temperaturali plazmalar fizikasida, shuningdek quyosh, yulduzlarni oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil