Kontent qismiga oʻtish

Vaj Rudh jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vaj Rudh jangi
Musulmonlarning Eronga istilosining bir qismi
Sanalar 642/643
Urush yeri Vaj Rud, Hamadon, Eron
Natija Musulmonlarning gʻalabasi
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi
  • Noʻmon
Sosoniylar imperiyasi
  • Muta 
  • Farruxzod
  • Isfandiyor
  • Varaztirots 

Vaj Rudh jangi[1][2] – 642/643-yillarda Roshidun xalifaligi hamda Sosoniylar imperiyasi oʻrtasida kechgan jang. Roshidun qoʻshiniga Noʻmon, Sosoniylarga esa Muta, Farruxzod, Isfandiyor hamda Varaztirot boshchilik qilgan. Jang Hamadondagi Vaj Rud qishlogʻida boʻlib oʻtgan. Tadqiqotchilarning aniq nazariyasiga koʻra, jang aynan Hamadon va Qazvin yoʻnalishidagi yoʻl kesishmasida sodir boʻlgan[2].

Sosoniylar bu jangda katta talofatlar bilan magʻlubiyatga uchragan, ularning safida Muta va arman sarkardasi Varaztirots ham halok boʻlgan. Tarixchi Tabariyning yozishicha, jang koʻlami Nahovand jangi bilan tenglashtirilgan[3][4]. G. Rex Smithning fikricha, Vaj Rudh jangi Sosoniylar uchun Nihovand va Qodisiya janglaridan keyingi eng katta falokatli jang boʻlgan[3].

  1. Parvaneh Pourshariati, The Decline and Fall of the Sasanian Empire, 248.
  2. 2,0 2,1 Kamal-ud-Din, Khwaja. The Islamic Review Volume 45. Woking Muslim Mission and Literary Trust, 1957 — 16-bet. 
  3. 3,0 3,1 Ibn Jarir at-Tabari, Muhammad. The History of Al-Tabari Vol. 14 The Conquest of Iran A.D. 641-643/A.H. 21-23 (Ebook) (en), SUNY, 2015. ISBN 9781438420394. 
  4. Kamal-ud-Din, Khwaja. The Islamic Review Volume 45. Woking Muslim Mission and Literary Trust, 1957 — 16-bet.