Vaira Vīķe-Freiberga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vayra Vike-Freyberqa (1937.1.12, Riga) — Latviya prezidenti. Yuridik fanlari d-ri, Latviya FA va Kanada ilmiy akademiyasi aʼzosi. 1945 y.dan chet elda yashagan; 1999 y.dan Latviyada. Toronto universitetini (1960) va Monrealdagi Makgil universitetini (1965) tugatgan. 1954 y.dan Kanada tijorat banki xodimi, Torontodagi maktabda tarbiyachi, sugʻurta konfederatsiyasida tarjimon, kollejda ispan tili oʻqituvchisi, kasalxonada psixolog. 1964—98 y.larda Monrealdagi universitetda lektor, assistent, prof.; ayni vaqtda 1984— 89 y.larda Kanada Ilmiy kengashi vitse-raisi, Rigadagi Latviya instituti direktori. 1999 y. iyuldan Latviya Respublikasi prezidenti[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil