Vahid Selimović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vahid Selimović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vahid Selimović
Tavallud sanasi 3-aprel 1997-yil (1997-04-03) (27 yosh)
Tavallud joyi Luxembourg City, Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Boʻyi 1.91m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2017 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2019 Metz II 37 (3)
2017-2019 Metz 13 (0)
2019-2020 Apollon Limassol 21 (0)
2020-2022 OFI 27 (1)
Milliy terma jamoa
2016 Serbia U19 1 (0)
2019- Luxembourg 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 7-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 30-mart uchun)

Vahid Selimović (1997-yil, 3-aprelda tugʻilgan) — Lyuksemburglik professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Lyuksemburgda tugʻilgan Vahid Selimović Serbiyaning yoshlar terma jamoasini himoya qilgan, lekin Lyuksemburg milliy futbol jamoasini kattalar darajasida himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vahid Selimović 2005-yilda 8 yoshida „FC Metz“ akademiyasiga qoʻshildi va butun yoshlik yillarini ular bilan oʻtkazdi va 11 yildan soʻng 2016-yilning 4-iyulida oʻzining ilk professional shartnomasini imzoladi[1][2]. Vahid Selimović 2017-yilning 12-dekabrida „Metz“ jamoasi safida „Angers“ klubiga qarshi 1:0 hisobi bilan jamoasi bilan mag‘lub bo‘lgan[3]. U Liga 1dagi debyut o'yinini 2017-yilning 16-dekabrida „Monpellier HSC“ klubi qarshi 3:1 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozongan o'yinda o'tkazgan[4].

2019-yil yanvar oyida u „Apollon Limassol“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

2020-yil, 8-avgustda Vahid Selimović Gretsiyadagi „OFI“ klubiga koʻchib oʻtgani eʼlon qilindi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vahid Selimović Lyuksemburgda tugʻilgan va asli bosniyalik[7][8]. Uning otasi Nedžib Selimović — bosh murabbiy, u Lyuksemburg faxriy divizionida turli klublarni boshqargan („Muhlenbach“, „Strassen“, „Hesperange“ va boshqalar). U 19 yoshgacha boʻlgan Serbiya milliy terma jamoasida Bolgariya U-19 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida yakunlangan o'yinda debyut o'yinini o'tkazgan[9].

Vahid Selimović 2019-yilda Lyuksemburg terma jamoasi vakiliga aylandi va oʻsha yilning iyun oyida Lyuksemburg kattalar terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi.

Xalqaro statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Lyuksemburgning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[10].
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil, 2-iyun Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg Madagaskar 2-3 3-3 Doʻstona

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]