Vagon parki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vagon parki - 1) biror t. y. boʻlinmasi (st-ya, t. y. boʻlimi va b.) ning barcha t. y. tarmogʻidagi vagonlar soni. Vazifasiga koʻra, yoʻlovchilar va yuk tashiydigan V. p. ga boʻlinadi; texnik koʻrsatkichlari boʻyicha vagon turiga (berk vagon, yarim vagon, platforma), vagon oʻqlariga, oʻlchamlariga, yuk koʻtaruvchanligi va b.ga koʻra tasniflanadi. Muayyan t. y. hisobidagi barcha vagonlarni oʻz ichiga oluvchi inventar va t. y. izlarida qatnab turgan haqiqiy vagonlardan (qayerning hisobida boʻlishidan qatʼi nazar) iborat mavjud (real) V. p. boʻladi. Bulardan tashqari zaxiradagi V. p. ham koʻzda tutiladi; 2) vagonlar saqlanadigan, joriy taʼmirlanadigan, boʻyaladigan, yuviladigan binolar, maydonlar, ustaxonalar majmui (vagonlarningmukammal, yaʼni kapital taʼmirlanishi maxsus vagon taʼmirlash zavodlari— depolarda amalga oshiriladi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil