Vadim Burigin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vadim Anatolyevich Burigin (1910.9.5, Olmaota — 1985, Toshkent) — botanik, ekolog, oʻtloqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), biol. fanlari doktori (1953), professor (1956). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi lubkorlik tajriba stansiyasida direktor oʻrinbosari va direktor (1933—39), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida boʻlim mudiri (1945—56), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasi mudiri (1956 yildan). Urush qatnashchisi. Burigin gʻoʻza, kanop va boshqa tolali oʻsimliklarning yovvoyi turlari ekologiyasi, Oʻzbekistondagi choʻl va adirlarni unumdor qilish, yemxashak bazasini koʻpaytirish sohasida tadqiqot olib borgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil