Bariy xlorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(VaS12dan yoʻnaltirildi)

Bariy xlorid, VaS12 - tuz; odatdagi sharoitda uchraydigani — digidrat VaS12-2N2O rangsiz kristall modda boʻlib, os-(925° gacha turgʻun) va R-(925° dan 961° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish temperaturasi 961°, qaynash temperaturasi 2047°, zichligi 3856 kg/m3. 100° gacha qizdirilganda suvini yoʻqotadi. Suvda yaxshi (20° da 100 g N2O da 35,7 g), spirtda oz eriydi. Bariy xlorid 900 — 1000° da barit konsentratiga koks va kalsiy xlorid, BaS ga xlorid kislota taʼsir ettirib va boshqa usullar bilan olinadi. Bariyning boshqa tuzlarini olishda, sulfat ionini ochish va choʻktirishda, koʻnchilikda, sopol buyumlar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil