Uzunlik oʻlchovlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uzunlik o`lchovlaridan yoʻnaltirildi)

Uzunlik oʻlchovlari - berilgan oʻlchamdagi uzunlikni oʻlchash uchun xizmat qiladigan vositalar; shtrixli, chekli va shtrixchekli xillarga boʻlinadi. Shtrixli U.oʻ. (sterjenlar, lentalar, simlar va boshqalar)ning oʻlchamlari ularga belgilangan ikki shtrix oraliqlari bn, chekli U.oʻ. oʻlchashni cheklab turgan sirtlar orasidagi masofa bilan belgilanadi; shtrixchekli U.oʻ. chekli oʻlchov boʻlib, unda uzunlik birligining boʻlaklariga toʻgʻri keluvchi qoʻshimcha shtrixlar chizilgan. Shtrixli U.oʻ. nominal qiymati 0,1 mm dan oʻnlab m gacha boʻladi; aniqligi boʻyicha 6 sinfga (0; 1; 2; 3; 4; 5) boʻlinadi. Nisbiy xatolygi 0,510^6dan 510~6 gacha oraliqda boʻladi. Chekli U.oʻ. toʻrt sinfga (0; 1; 2; 3) boʻlinadi; nisbiy xatolik 210~6 dan 210 5 gacha oraliqda boʻladi. Shtrixchekli U.oʻ. koʻpincha savdoda gazlama va h.k. tovarlarni oʻlchashda ishlatiladi.