Kontent qismiga oʻtish

Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzuklar hukmdori:
Uzuklar ittifoqi
The Lord of the Rings:
The Fellowship of the Ring

Film posteri
Rejissyor(lar) Peter Jackson
Prodyuser(lar)
  • Barrie M. Osborne
  • Peter Jackson
  • Fran Walsh
  • Tim Sanders
Ssenariynavis(lar)
  • Fran Walsh
  • Philippa Boyens
  • Peter Jackson
Rollarda
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Andrew Lesnie
Muharrir(lar) John Gilbert
Studiya(lar)
  • WingNut Films
  • The Saul Zaentz Company
Distribyutor New Line Cinema
Chiqarilgan sanasi
  • 10-dekabr, 2001-yil(2001-12-10) (Odeon Leicester Square)
  • 19-dekabr, 2001-yil(2001-12-19) (AQSh)
  • 20-dekabr, 2001-yil(2001-12-20) (Yangi Zelandiya)
Davomiyligi 178 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $93 million[3]
Daromadi $897,7 million[4]
Keyingi film Ikki qal’a

Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi (inglizcha: The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring) 2001-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Uzuklar ittifoqi nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining ilk qismidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina sikvellari Ikki qalʼa (2002) va Qirolning qaytishi (2003) filmlaridir.[5][6][7] Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a haqida 235 maqola yigʻilib, ulardan 91 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Koʻzni qamashtiruvchi maxsus effektlarga boy va benuqson aktyorlar jamoasiga ega boʻlgan Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi J.R.R. Tolkien klassikasidan to yorqin hayotgacha boʻlgan sahnalarni taqdim etadi.“[8]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Oʻrta dunyoning ikkinchi asrida, elflar, gnomlar va insonlar hukmdorlariga Qudrat uzuklari beriladi. Ulardan bexabar holda, qora lord Sauron Oʻrta dunyoni ishgʻol qilish va qilgan boshqa uzuklar ustidan hukmronlikni qoʻlga kiritish maqsadida Doom togʻida qudratining katta qismi jamlangan „Bir uzuk“ni yasaydi. Insonlar va elflardan iborat soʻnggi ittifoq Mordorda Sauronning qoʻshini bilan jang qilishadi. Gondorlik Isildur Sauronning barmogʻini uzuk bilan birga uzib tashlaydi, shu bilan Sauron yengiladi va ruh shakliga qaytariladi. Sauronning ilk magʻlubiyati bilan Oʻrta dunyoda uchinchi asr boshlanadi.

Rol Aktyor Oʻzbekcha dublyaj
Frodo Baggins Elijah Wood Abdulhay Otaxoʻjayev
Gandalf Ian McKellen Muhammadjon Xoʻjayev
Samwise „Sam“ Gamgee Sean Astin Elbek Mirzohidov
Aragorn Viggo Mortensen
Theoden Bernard Hill Hoshim Arslonov
Boromir Sean Bean
Legolas Orlando Bloom
Peregrin „Pippin“ Took Billy Boyd Elbek Mirzohidov
Gimli John Rhys-Davies Hoshim Arslonov
Saruman the White Christopher Lee Hoshim Arslonov
Sauron Sala Baker Hoshim Arslonov
Elrond Hugo Weaving
Lord Celeborn] Marton Csokas
Galadriel Cate Blanchett
Arwen Liv Tyler
Bilbo Baggins Ian Holm
Lurtz Lawrence Makoare
Barliman Butterbur David Weatherley
Gatekeeper va Bree Martyn Sanderson
Lobeila Sackville-Baggins Elizabeth Moody
Albert Dreary Peter Jackson (kameo)

Treklar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Howard Shore yaratgan.

NomiMuallif(lar)Davomiyligi
1.„The Prophecy“Philippa Boyens3:55
2.„Concerning Hobbits“ 2:55
3.„The Shadow of the Past“ 3:32
4.„The Treason of Isengard“ 4:00
5.„The Black Rider“ 2:48
6.„At the Sign of the Prancing Pony“ 3:14
7.„A Knife in the Dark“ 3:34
8.„Flight to the Ford“ 4:14
9.„Many Meetings“ 3:05
10.„The Council of Elrond“ ("Aníron", bastakor va ijrochi — Enya)Roma Ryan3:49
11.„The Ring Goes South“ 2:03
12.„A Journey in the Dark“ 4:20
13.„The Bridge of Khazad-dûm“ 5:57
14.„Lothlórien“ ("Lament for Gandalf" (Philippa Boyens va Howard Shore))Boyens, Shore4:33
15.„The Great River“ 2:42
16.„Amon Hen“ 5:02
17.„The Breaking of the Fellowship“ ("In Dreams"(Fran Walsh va Howard Shore))Fran Walsh, Shore7:20
18.„May It Be“ (bastakor va ijrochi Enya)Ryan4:19
Jami davomiyligi:71:29

Mukofot va nomzodliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba: IMDb;Oscar

  • 2001 — Eng yaxshi kinematograf
  • 2001 — Eng yaxshi vizual effektlar
  • 2001 — Eng yaxshi musiqa (Howard Shore)
  • 2001 — Eng yaxshi makiyaj

Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a filmi premyerasi New York shahridagi Ziegfeld kinoteatrida 5-dekabr 2002-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 18-dekabr 2002-yildan, Yangi Zelandiyada esa 19-dekabr 2002-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $947 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2002-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa oʻttizinchi eng kassabop film boʻldi.

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

  1. „The Lord of the Rings – The Fellowship of the Ring“. British Board of Film Classification. 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 „The Lord of the Rings The Fellowship of the Ring (2001)“. British Film Institute. 27-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil. (Wayback Machine saytida 27-oktabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
  3. „The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring (2001)“. Box Office Mojo. IMDb. 17-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  4. „The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2-may 2021-yil.
  5. „Top 25 Holiday Movies of All-Time – IGN“ (deadlink). Uk.movies.ign.com (23-noyabr 2005-yil). 11-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil. (Wayback Machine saytida 11-iyun 2012-yil sanasida arxivlangan)
  6. „'Lord' rings true / Tolkien's epic fantasy springs to wondrous life onscreen“. The San Francisco Chronicle (30-dekabr 2001-yil). 6-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Willams, Karl „The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring overview“. Allmovie. 4-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2010-yil.
  8. „The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring (2001)“. Rotten Tomatoes. Fandango. 17-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.