The Lord of the Rings: The Rings of Power

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Lord of the Rings:
The Rings of Power
Janri
Qaysi asarga asoslangan Uzuklar hukmdori
J. R. R. Tolkien
Yaratuvchi(lar)
  • J. D. Payne
  • Patrick McKay
Tematik musiqa bastakori Howard Shore
Bastakor(lar) Bear McCreary
Mamlakat
Til inglizcha
Mavsumlar soni 1
Qismlar soni 8
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
Prodyuser(lar)
  • Ron Ames
  • Chris Newman
Joy
  • New Zealand (1-fasl)
  • United Kingdom (2–fasl)
Qism davomiyligi 65–72 daqiqa
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Amazon Prime Video
Translyatsiya davri 1-sentyabr, 2022-yil(2022-09-01) — hozirgacha

The Lord of the Rings: The Rings of Power (tarjimasi „Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari“) J. R. R. Tolkienning Oʻrtayer haqidagi asarlari asosida tasvirga olingan fentezi janridagi teleserialdir. Serial voqealari Tolkien afsonalar olamining Ikkinchi Davrida boʻlib oʻtadi va ushbu davrning eng muhim voqealari: Qudrat uzuklarining quyilishi, Sauronning tarixi, Numenor hikoyasi, elflar va odamlarning soʻnggi ittifoqini oʻz ichiga oladi[1].

Amazon Prime Video striming xizmati uchun moʻljallangan serial Amazon Studios va Tolkien Estate, The Tolkien Trust, Harper Collins, New Line Cinema hamkorligida ishlab chiqildi.

2017-yilda Amazon kompaniyasi Tolkienning Oʻrtayer haqidagi asarlarini sahnalashtirish huquqini qoʻlga kiritdi va shu vaqtning oʻzidanoq serialni ishlab chiqish uchun dastlabki ishlar boshlandi. Birinchi mavsumni tasvirga olish ishlari 2019-yilda Yangi Zelandiyada boshlandi[2][3][4]. Ikkinchi va keyingi mavsumlar Buyuk Britaniyada tasvirga olinadi.

Birinchi mavsum sakkiz qismdan iborat boʻladi. Premyera 2022-yil 2-sentabrda boʻlib oʻtadi, har bir qism haftada bir marta Amazon Prime Videoda[5] efirga uzatiladi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial J. R. R. Tolkien olamining Ikkinchi Davrida kechadi, bu Hobbit va Uzuklar hukmdorida hikoya qilingan voqealardan ming yil oldin boʻlib oʻtgan[6].

Serial tizerlaridan birida tilga olinishicha, „Tumanli togʻlarning chuqur qaʼridan elflarning Lindon qirolligi ulugʻvor oʻrmonlariga qadar, Numenor orol-qirolligidan xaritaning eng uzoq sarhadlarigacha qirolliklar va qahramonlar ular yakuniga yetgach ham uzoq vaqt xotiralarda qoladigan merosni qoldiradilar“[7].

Serial mualliflari Patrick McKay va JD Paynening soʻzlariga koʻra, serial Ikkinchi Davrning barcha eng muhim voqealarini qamrab oladi: unda Qudrat uzuklari quyilishi, Sauronning qudratga kelishi, Numenor hikoyasi, elflar va odamlarning soʻnggi ittifoqi haqida hikoya qilinadi[8].

Shuning bilan birga, baʼzi qahramonlar va syujet chizigʻi serial mualliflarining oʻz xayoli mahsuli boʻlib, Tolkien afsonalar olamida mavjud emas[9].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amazon Studios kompaniyasi birinchi mavsumda ushbu aktyorlarning ishtirok etishini tasdiqlagan[10][11][12]:

Qismlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi mavsumning sakkiz qismi har haftada bir marta Amazon Prime Videoda namoyish etiladi. Dastlabki ikki qismga Juan Antonio Bayona rejissorlik qilgan. Wayne Yip keyingi toʻrt qismda[13], Charlotte Brändström yana ikki qism rejissori boʻladi[14].

Tasvirga olish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 18-sentabrda birinchi mavsum ustida ishlash Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi. Tasvirga olish ishlari 2019-yilda boshlandi va Shimoliy orolning uch xil turli maydonchalarida boʻlib oʻtdi[15].

2020-yil mart oyi oʻrtalariga kelib, Yangi Zelandiya chegaralari global COVID-19 pandemiyasi sababli yopilganidan soʻng, serialni tasvirga olish vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu vaqtda ijodiy va texnik jamoalar tarkibida 800ga yaqin odam loyihada ishlab kelgan[16].

Ushbu serial chegaralari COVID-19 sababli boshqa davlat fuqarolari uchun yopilgan vaqtida ham aktyor va tasvirga olish jamoasi aʼzolariga Yangi Zelandiyaga kirish imtiyozi berilgan yetti film va teleseriallardan biri boʻldi.

Istisnolar iqtisodiy rivojlanish vaziri Fil Tviford tomonidan 2020-yil 18-iyungacha berilgan boʻlib, suratga olish jamoasining 93 aʼzosi, shuningdek, ularning 20 oila aʼzolariga nisbatan qoʻllanildi. Keyingi qismlarni tasvirga olish jarayoni iyulda boshlandi va 2020-yil 28-sentabrda davom ettirildi. Bayona oʻz qismlarini suratga olishni 23-dekabrgacha tugatdi va keyingi qismlarni ishlab chiqarish Rojdestvo bayrami munosabati bilan ikki haftalik tanaffusdan soʻng 2021-yil yanvarida boshlandi.

2021-yil 2-avgustda birinchi mavsumni tasvirga olish ishlari yakunlangani va serial premyerasi 2022-yil 2-sentabrda boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Otterson, Joe. „ʻLord of the Rings’ Amazon Series Reveals Full Title in New Video“ (inglizcha). Variety (19-yanvar 2022-yil). 20-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  2. „Amazon's 'Lord of the Rings' Reveals When Series Takes Place“ (inglizcha). Hollywood Reporter. 7-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2019-yil.
  3. „Amazon's Lord of the Rings series should be here by 2021“ (inglizcha). CNET (11-iyun 2018-yil). 26-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2019-yil.
  4. „Глава Amazon: сериал по «Властелину колец» появится в 2021 году“ (ruscha). Российская газета (20-iyun 2018-yil). 22-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 Petski, Denise. „ʻThe Lord Of The Rings’ TV Series Gets Amazon Premiere Date & First-Look Photo“ (inglizcha). Deadline.com (2-avgust 2021-yil). 2-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  6. „Exclusive Interview with Tom Shippey concerning LOTRonPrime“ (inglizcha). Deutsche Tolkien Gesellschaft e.V. (29-iyul 2019-yil). 5-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2019-yil.
  7. Sewell, Justin. „Exclusive: Official Show Synopsis for Amazon's Lord of the Rings Series“ (inglizcha). TheOneRing.net (12-yanvar 2021-yil). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Otterson, Joe. „ʻLord of the Rings’ Amazon Series Reveals Full Title in New Video“ (inglizcha). Variety (19-yanvar 2022-yil). 20-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  9. Sewell, Justin. „Exclusive: Official Show Synopsis for Amazon's Lord of the Rings Series“ (inglizcha). TheOneRing.net (12-yanvar 2021-yil). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  10. D'Alessandro, Anthony. „ʻThe Lord Of The Rings’: Amazon Studios Sets Series Cast – TCA“ (inglizcha). Deadline.com (14-yanvar 2020-yil). 7-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2020-yil.
  11. Andreeva, Nellie. „ʻThe Lord Of the Rings’: Lenny Henry, Augustus Prew, Peter Mullan, Cynthia Addai-Robinson & Benjamin Walker Among 20 New Cast Additions On Amazon Series“ (inglizcha). Deadline.com (3-dekabr 2020-yil). 3-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2020-yil.
  12. Goldberg, Lesley. „Amazon's 'Lord of the Rings' Rounds Out Sprawling Cast (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (1-iyul 2021-yil). 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2021-yil.
  13. „ʻLord of the Rings’ Series Adds Director Wayne Che Yip as Co-Executive Producer“ (inglizcha). Variety.com (24-mart 2021-yil). 24-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2021-yil.
  14. Grater, Tom. „ʻThe Witcher’ Director Charlotte Brändström Joins Amazon’s ʻThe Lord Of The Rings’ Series“ (inglizcha). Deadline.com (13-may 2021-yil). 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
  15. „Amazon's Lord of the Rings TV show to be filmed in New Zealand“ (inglizcha). The Guardian (18-sentabr 2019-yil). 18-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2019-yil.
  16. Bulbeck, Pip. „Coronavirus: Amazon's 'Lord of the Rings' Shuts Down Production in New Zealand“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (15-mart 2020-yil). 16-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]