Uzoqlashtiruvchi nerv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uzoqlashtiruvchi nerv - bosh miya nervlarining 6jufti. Miya koʻprigining orqa chekkasidan, koʻprik bilan uzunchoq miyaning piramidasi orasidagi egatdan chiqadi, soʻng koʻz kosasiga keladi va koʻzning tashqi toʻgʻri muskulini innervatsiyalaydi. Uzoqlashtiruvchi nerv zararlanganda tashqi toʻgʻri muskul falajlanganligi sababli, ichki toʻgʻri muskullar koʻz soqqasini ichki tomonga tortib ketadi va gʻilaylikka olib keladi.