Uygʻursoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uyg‘ursoydan yoʻnaltirildi)

Uygʻursoy — Namangan viloyati Pop tumaniaagm shaharcha. 1947-yil 31 dekabrda tashkil qilingan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Pop (13 km). Aholisi 1,4 ming kishiga yaqin (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Uygʻursoy kanalidan suv oladi. Umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar maktabi, mahalliy sanoat korxonasi, kutubxona, aloqa boʻlimi, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.