Uygʻur xoqonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uyg'ur Xoqonligidan yoʻnaltirildi)
Uygʻur hoqonligi
745 — 847



Poytaxti 745-847 Qorabalasagʻun
Til(lar)i Orxon-enisey
Maydoni 3100000 km²
Aholisi Uyg'urlar
hidanlar (Manchjurlar)
Boshqaruv shakli monarxiya
 - 744-747 Qutlug' Bilga Qul

Uygʻur xoqonligi — uygʻurlar davlati (744—847). Sharqiy Turk xoqonligi hududida Bosmil xoqonligi (742—744) dan soʻng paydo boʻlgan. Poytaxti— Qoraqurum (Urxun daryosining chap qirgʻogʻida). Birinchi xoqoni Qutlugʻ Bilga xoqon (uygʻurlarning yogʻliqor urugʻidan) davrida (744—746) Uygʻur xoqonligiga Oltoydan Manjuriyagacha boʻlgan hudud qaragan. Xoqon Moʻyunchur (Qora xoqon) davri (746—759) da Uygʻur xoqonligi kuchli davlatga aylangan. Shimolida qirgʻizlar, sharqda kidanlarni yengib, ularning yerlarini oʻz davlatiga qoʻshib olgan. 8-asr oʻrtalarida Uygʻur xoqonligi ga gʻarbda Oltoydan, sharkda Xingan toglarigacha, janubida Gobi choʻlidan shimolida Sayan togʻlarigacha boʻlgan hudud kirgan. Xoqon Idigin davri (759—780) da Uygʻur xoqonligiqoʻshinlari Xitoydagi oʻzaro urushlardan foydalanib, unga bostirib kirgan. 8-asr oxirida mahalliy boylarning oʻzaro janjallari, tobe qabilalarning uygʻurlar hukmronligiga qarshi kurashi kuchayib, Uygʻur xoqonligi tanazzulga uchray boshladi. 9-asr boshlarida bu kurash yanada kuchaydi. 840 yil Uygʻur xoqonligi aholisi 5 ga boʻlingan. Bir qismi oʻz joylarida qolgan. Uygʻurlarning yana bir qismi Sharqiy Turkiston va Jungʻoriyaga koʻchib oʻtgan. Buyuk ipak poʻli Uygʻur xoqonligi nazoratida boʻlib, tashqi savdo keng rivojlangan. Xon davlatni tutuqpar, beklar yordamida boshqargan. Xoʻjaligi chorvachilik va dehqonchilik boʻlib, barcha yer, yaylov, chorva mahalliy boylar qoʻlida boʻlgan. Uygʻur xoqonligi xoqonlari Qutlugʻ l Bilga (745-747) Moyanchur (747-759) Idigyin (759-780) Dunmaga (780-789) Panguan (789-794) Achjoxon (794-795) Qutlugʻ ll (795-805) Qulluq Bilgaxon (805-808) Boixon (808-821) Chindexon (821-824) Chjaolixon (824-839) Qulluqbekxon (839-840) Ugexon (840-846) Enyandelexon (846-847) Uygʻur xoqonligi da yirik mahobatli qurilishlar (shahar, qalʼa va boshqalar) olib borilgan. Qoraqurum sh., Kichik Yenisey daryosining boshlanishida qalʼa va qasr (PorBajin), Xemchik vodiysida 14 shaharqalʼa va bir harbiy tayanch punkti qurilgan. Shaharlarda aholi hunarmandchilik (charm, yogʻoch, sopol, metalldan ishlangan roʻzgʻor buyumlari, zargarlik) bilan shugʻullangan. Shu davrda uygʻur yozuvi (suryoniy alifbosi asosida) paydo boʻlgan. Uygʻur xoqonligi da moniylik hukmron din boʻlgan (8-asr), keyinchalik buddizm tarqala boshlagan