Utbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Utbiy, Abu Muhammad ibn Abduljabbor alUtbiy (961, Ray — taxminan 1036, Gʻazna) — tarixchi olim. Badavlat va nufuzli zodagon oilasida tugʻilgan. Yoshligidan Xurosonda yashagan. Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali Simjuriy, soʻngra Xurosonda surgunlikda yashagan ziyoriylar hukmdori Qobus ibn Vushmagirning shaxsiy kotibi (sarkotibi), Gʻaznaviylar (Sabuktegin, Mahmud Gʻaznaviy, Masʼud Gʻaznaviy) saroyida yirik amaldor. U. sulton Mahmud Gʻaznaviyning elchisi sifatida Garchiston viloyatiga borgan (999) va Bodhizning sharqiy qismidagi Ganj rustak viloyatida sohib barid boʻlib turgan. Saolibiyning yozishicha, U. arab tilida "Tarixi Yaminiy" ("Yaminiy tarixi"), "Latoif alkuttob" ("Kotiblarning latif soʻzlari") va boshqa tarixiy asarlar yozib krldirgan. "Tarixi Yaminiy" asari Sabuktegin va Mahmud Gʻaznaviy davrida Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirgan Xuroson, Xorazm va qisman Movarounnahrning 975—1021y.lardagi ijtimoiysiyosiy tarixini oʻz ichiga olgan. Mazkur asar "Yamin uddavla" ("Davlatning oʻng qoʻli") unvoniga sazovor boʻlgan sulton Mahmud Gʻaznaviyga bagʻishlanganligi uchun ham "Tarixi Yaminiy" deb atalgan. Asarda /(oraxoniylarnit Movarounnahrga hujumi (922—996) haqida nodir maʼlumotlar mavjud. Bu asar oʻrta asrlar tarixshunosligiga xos ogʻir uslub — sajʼ bilan yozilgan. "Tarixi Yaminiy"ning arabcha matni Dexli (1847), Bulok, (1874) va Lohur (1883) da chop etilgan. Bu asarning forscha tarjimasi Tehronda 3 marta nashr etilgan (1856, 1955, 1966). Inglizcha tarjimasi ham bosilgan (London, 1858). Undan ayrim parchalar fransuz, nemis, rus, oʻzbek tillarida nashr qilingan.

Manba:Saolibiy, Yatimatuddahr [4jild T., 1976.

Adabiyot[tahrir]

  • Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X — XIX vv. T., 1988; Axmedov B . A., Oʻzbekiston xalklari tarixi manbalari, T., 1991.