Kontent qismiga oʻtish

Ustoz AI

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ustoz AI
Qisqartma Ustoz
Maqsadi Zamonaviy kasblarni va fanlarni bepul o'rgatish
Ishga tushgan sanasi 2024-yil
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rahbari Orian-Mehroj Rashidov
Til(lar)i oʻzbek
Vebsayti https://ustoz.ai/

Ustoz AIOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga zamonaviy kasblarni hamda fanlarni chuqur oʻzlashtirishga qaratilgan loyihasi[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevral kunidagi „Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat davlat dasturi toʻgʻrisida“gi PF-23-sonli farmonining 6-bandning 2-qismiga binoan loyiha ishga tushirilgan[2][3]. 2024-yil 23-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bandligini taʼminlash chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda „Ustoz AI“ loyihasi doirasida 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olish zarurligini taʼkidlab oʻtgan[4].

Videodarsliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyihaning asosiy qismining „You Tube“ platformasidagi videodarsliklar tashkil etadi[5]. Darsliklar matbuot kotibligi, inson resurslari, videomontaj, targeting, mobilografiya, animatsiya, marketing, grafik dizayn, arxitektura, grafik dizayn, haydovchilik, reception, nutq texnikasi, kopirayting, buxgalteriya, tadbirkorlik, veb dizayn, elektronika, blogerlik, data analitika, limonchilik, avtomatizatsiy kabi zamonaviy kasblar va hunarlar yoʻnalishida, matematika, biologiya fanlaridan hamda xalqaro SAT imtihoniga tayyorlash yoʻnalishlarda joylashtirilgan. Loyiha rahbari Orian-Mehroj Rashidov 2024-yil 16-mart kuni „Oʻzbekiston 24“ telekanaliga bergan intervyusida, loyiha 2024-yil oxiriga qadar 250 ming nafar yoshga 40 ta zamonaviy kasblarni oʻrgatishini taʼkidlab oʻtgan. Loyihaning 2-bosqichida esa, 140 ta zamonaviy kasblardan videodarslar ishlab chiqilishini maʼlum qilgan.

Loyiha Yoshlar ishlari agentligi hamda „Ibrat farzandlari“ loyihasi bilan hamkorlikda „IQtidorly“ loyihasini ishlab chiqdi[6]. Loyihaning maqsadi iqtidorli yoshlarni ilm-fan sohasida rivojlanishiga sharoit yaratib berish, STEM fanlari boʻyicha koʻnikmalar oʻrgatish hisoblanadi. Loyihaning 1-mavsumi 2024-yil 27-maydan 2-iyun kunlarigacha, 2-mavsumi esa 3-iyundan 9-iyunga qadar Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi „Yoshlar“ oromgohida tashkil etilgan.