Usto Respublika maxsus ijodiy i.ch. uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"USTO" Respublika maxsus ijodiy i.ch. uyushmasi — respublika xalq amaliy sanʼati ustaparining birlashmasi. 1978-yilda Oʻzbekiston Badiiy fondi qoshida amaliy bezak sanʼatini qaytadan tiklash va rivojlantirish, xalq ustalari bilan ishlash, ularga ijodiy ishlarida har taraflama yordam berish maqsadida tashkil qilingan. Oʻzbekistonda tasviriy va amaliy sanʼatni yanada rivojlantirishga oid 1997-yil 23 yanvar qaroriga binoan hozirgi nomida qaytadan tuzildi. "U." ning asosiy maqsad va vazifalari — xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish, uning yoʻqolib borayotgan turlarini qaytadan tiklash, xalq ustalarining faoliyatiga yordam berish, ustoz — shogird oʻquv tizimini rivojlantirish, milliy amaliy sanʼatni respublika va xorijda keng targʻib qilish, amaliy sanʼat, monumentol rangtasvir va monumental haykaltaroshlikni milliy meʼmorlikla hamda xorijdagi zamonaviy binolarda qoʻllash. "U." tarkibiga respublika hududidagi 16 korxona birlashgan boʻlib (2004), ularda 50 ga yaqin amaliy sanʼat turi (kulollik, koshinkorlik, ganch oʻymakorligi, yogʻoch oʻymakorligi, zargarlik, kandakorlik, naqqoshlik, gilamchilik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, lokli miniatyura, matoga gul bosish va boshqalar) boʻyicha ustalar ijodiy mehnat qiladi. Birlashmaning malakali ustalari respublikada (Oliy Majlis, Oʻzbekiston konservatoriyasi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi va boshqalar) va chet mamlakatlarda yirik meʼmoriy inshootlarni bezaganlar. "U." aʼzolarining badiiy asarlari respublika va Xalkaro koʻrgazmalarda keng namoyish qilinib, yuksak baholarga sazovor boʻldi: Xalqaro "Oltin globus" (1993), "Sifat asri" oltin mukofoti (2002, Shveysariya) va boshqa