Usta shirin Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Usta shirin Murodov (1879, Buxoro — 1957.12.2, Toshkent) — meʼmor, ganch oʻymakori; Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Hunarni otasi usta Murod va bobosi usta Nosirdan oʻrgangan, yoshligidan amakisi usta Hayot qoʻlida qolgan va undan taʼlim olgan. Mustaqil usta sifatida Buxoro amirining Karmanadagi saroyi (Sitorai Mohi Xosa yozlik saroyining Oq zali)ni bezashda katnashib, tanilgan. U.Sh. ijodida ganch oʻymakorligi anʼanalarini mahorat bilan qoʻllagan, ularni yangi mazmun va shakllar bilan boyitgan, ilk bor ish faoliyati (ganch oʻymakorligi)da naqsh zaminida koʻzgudan foydalandi, yaʼni koʻzgu ustiga ganchkori naqshlar ishlab, jozibadorlikka, ajoyib naqsh jilvasiga erishdi.

U.Sh. koʻplab klublar, maʼmuriy binolarni nafis ganchkorlik naqshlari bilan bezadi: Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston, Turkmaniston pavilonlari (1938), Toshkent kuranti, Navoiy teatri (Buxoro zali), Muqimiy teatri, xoz. Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va boshqa; meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda katnashgan: Ismoil Somoniy maqbarasining buzilgan qismi, Mir Arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi gumbazlarini, Magʻoki attori mayejidi peshtogʻining koshinkori naqshlarini tikladi va boshqa

U.Sh. koʻplab shogirdlar yetishtirgan: Samarkand taʼmirchilar maktabi, Toshkent qurilish sanʼati maktabi (1940— 42), Moskva badiiy sanʼat bilim yurti (1942—43), P. Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti (1952— 57)da dare bergan. Respublika (jumladan, Toshkent, Buxoro va boshqalar)dagi maktab, koʻchalarga U.Sh. nomi qoʻyilgan; Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa hovlisida uning byusti oʻrnatilgan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil