Ust-oʻrda buryatlari muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ust-oʻrda buryatlari muxtor okrugi — Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyati tarkibidagi okrug. 1937-yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 22,4 ming km². Aholisi 135,3 ming kishi (2002). Aholisining koʻpchilik qismi ruslar (56%) va buryatlar (36%), shuningdek, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — UstOrdinskiy shaharchasi. Tarkibida 6 maʼmuriy tuman, 4 shaharcha bor.

Muxtor okrug Oʻrta Sibir yassitogʻligining jan. qismida, Baykal qoʻlining gʻarbida, LenaAngara platosi doirasida joylashgan. Oʻrtacha bal. 1000 m. Yer yuzasi dare vodiylari bilan oʻyilgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir (Irkutsk havzasining shim. chekkasi), gips (Unga daryosi vodiysida) qurilish materiallari (ohaktosh, gil va boshqalar). Iqlimi keskin kontinental. Qishi kam qorli, sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —22°, iyulniki 17°. Yiliga 300 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 110—125 kun. Yirik daryolari — Angara va uning irmoklari. Chekka shim.sharkida Lena havzasiga mansub daryolar bor. Hududining katta kismida chimlikarbonatli ishqorsizlangan va kuchsiz podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari oʻrmonli dasht zonasiga xos. Keng bargli daraxtlardan qayin va togʻterak uchraydi. Oʻrmonlarda har xil hayvonlar yashaydi (rosomaxa, tulki, kolonok, oʻrmon sassiqkoʻzani, kemiruvchilardan tiyin, burunduk va boshqa; kush turi koʻp).

Xoʻjaligida yetakchi tarmoklar: konchilik (koʻmir qazib olish), oʻrmonchilik ("Baytog" oʻrmonchilik xoʻjaligi), yogʻochsozlik, oziq-ovqat (yogʻ va pishloq i. ch.) sanoatlari. Asosiy sanoat markazi — UstOrdinskiy shaharchasi. Okrug Baykalboʻyining asosiy qishloq xoʻjaligi rayonlaridan biri. Chorvachiligi goʻshtsut va jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoʻy, choʻchka, yilqi boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekiladi. Muxtor okrug jan.gʻarbidan TransSibir magistrali (30 km) oʻtgan. Angara daryosida kema qatnaydi. Avtomobil yoʻli uz. 2194 km (2002). Aeroport, ped. bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 1 sanatoriykurort muassasasi faoliyat koʻrsatadi.