Usmonxon Eshonxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Usmonxon Eshonxoʻjayev (1899. 14.10, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi. Andijon rus-tuzem maktabi (1909—13), erlar gimnaziyasi va Moskvada Kommunistik universitet (1920), Qizil professorlar instituti (1925— 30)da oʻqigan. Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1921—22). 1922 yil iyuldan u Turkiston Kompartiyasi MK matbuot sektori boshligʻi, tashviqot va targʻibot boʻlimi mudirining oʻrinbosari va boʻlim mudiri, "Turkiston" va "Qizil bayroq" hamda "Inqilob" va "Bilim oʻchogʻi" jurnallarining muharriri. Eshonxoʻjayev keyinchalik SSSRning turli joylarida partiya ishlarida ishlagan.

E. Qozon shahrida qamoqqa olinib (1937 yil 15 avgust), Toshkentga joʻnatilgan. Unga Moskvadagi oʻzbek talabalari oʻrtasida sovetlarga qarshi millatchi yoshlar tashkilotini tuzganlik va rahbarlik qilganlik, Fayzulla Xoʻjayev, Sultonbek Xoʻjayev, Turor Risqulov, Abdulla Rahimbekov boshchiligida sovetlarga qarshi birlashgan Markaz bilan aloqa bogʻlaganlik kabi ayblar qoʻyilgan va otishga hukm qilingan (1938 yil 4 oktyabr). 1957 yilda oqlangan. Andijon viloyati oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti E. nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Usmonxon Eshonxoʻjayev" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil