Koʻpaysin Usmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usmonova Ko'paysindan yoʻnaltirildi)

Koʻpaysin Usmonova (1952.2.11, Zangiota tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1974). 1970-yildan Toshkent tumanidagi 84, 1972—2003-yillarda Asaka tumanidagi 7maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Maktabda namunali ona tili va adabiyot xonasini jihozlab, uni turli koʻrgazmali qurol va texnik vositalar bilan boyitgan.