Kontent qismiga oʻtish

Ushshoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushshoq (arab. — oshiq soʻzining koʻpligi) — Oʻn ikki maqom tizimida birinchi maqom. Lirik kuy va ashulalardan iborat boʻlgani uchun U. deb nom olgan. Qad. risolalarda U. Umm uladvor (Maqom davrlari onasi) va Tarona deb ham atalgan. U. Oʻn ikki maqomda lad sifatida ham maʼlum boʻlib, uning tovushqatori hozirgi miksolidiy ladiga moye keladi. Oʻn ikki maqom tizimidagi 24 murakkabotdan biri — Ushshoqi Moya U. maqomi va Moya ovozasi pardalari asosida yaratilgan. Oʻzbek, tojik musiqa merosida U. mustaqil maqom sifatida yetib kelmagan. 55 maktab kilila choy ichabiz Shashmaqomning Rost maqomi tarkibida bir necha shoʻʼba va qismlar mavjud boʻlib, ular Muhammasi U. (cholgʻu qism), Talqini U., Nasri U., Ufari U., Savti U. (6 qismli) deb nomlangan. U. ashula yoʻllari ancha murakkab, avjlarida Namudi Uz zol va Namudi Muhayyari Chorgoxdan foydalanilgan. U. ashula yoʻllari xalq orasida keng tarqalgan. Oʻzbek va tojik bastakorlari U.ning turli variantlarini yaratgan: Hoji Abdulaziztshg "Samarqand Ushshogʻi", Sodirxon Bobosharifovning "Sodirxon Ushshogʻi", shuningdek, "Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Ushshogʻi" va hokazo. Bu U. yoʻllari bir xil doyra usulida ijro etiladi. U.ning patnusaki varianti va surnay yoʻllari ham keng tarqalgan. U. yoʻllari jozibali va taʼsirchan. Ularning boshlanish jumlalari boshqa maqom va shoʻʼbalarda namud sifatida ham qoʻllanilib, Namudi U. deb ataladi. U.dan, asosan, Buzruk va Rost maqomi shoʻʼbalarida, yirik shakldagi ogʻzaki professional musiqa asarlarida, shuningdek, bastakor va kompozitorlar ijodida (jumladan, R. Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun", "Gulsara" operalarida, V. Uspenskiy va keyinchalik Yu. Rajabiyning "Farhod va Shirin" operasi va musiqali dramalarida, M. Ashrafiyning "Dilorom" operasida va boshqa koʻpgina asarlarida) ham foydalanilgan.