Urugʻlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Urug`likdan yoʻnaltirildi)
Urugʻlik

Urugʻlik — ekish uchun foydalaniladigan urugʻ, meva, toʻpmeva va murakkab meva qismlari. Baʼzan vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan oʻsimlik qismlari: tuganak, piyozcha va boshqa ham Urugʻlikga kiradi. Urugʻlik navdorlik va urugʻlik sifatlari boʻyicha davlat standarti talablariga javob beradigan boʻlishi kerak. Urugʻlik sifati (unuvchanligi, tozaligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi), lab. taxlili, navdorlik sifati uchun dala aprobatsiyasi asosida Davlat urugchilik inspeksiyasi tomonidan tekshiriladi. Urugʻlik urugʻchilik xoʻjaliklarida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan xoʻjaliklarning urugʻlikka moʻljallangan ekin dalalarida yetishtiriladi. Yangi navlar urugʻlarini koʻpaytirish uchun ilmiy tadqiqot intlari, qishloq xoʻjaligi intlarining oʻquv tajriba xoʻjaliklarida elita va birinchi reproduksiya urugʻlari olinadi.

Ekish sifati va Urugʻlik standarti boʻyicha 3 sinfga boʻlinadi. Masalan, chigitning navdorlik meʼyori: elita urugʻ uchun 100%, 1reproduksiya uchun 99%, 2reproduksiya uchun 98% va 3reproduksiya uchun 96%; unuvchanligi: 1sinf uchun 95%, 2sinf uchun 90% va 3sinf uchun 85%. Yumshoq bugʻdoy (kuzgi va bahorgi)ning navdorlik meʼyori: 1sinf uchun 99%, 2sinf uchun 98,5%, 3sinf uchun 97%; unuvchanligi tegishlicha 95%, 92 va 90%. Urugʻlikga 1 va 2sinf urugʻlar ishlatiladi. 3sinf faqat xoʻjalikning i.ch. dalalariga ekiladi. Urugʻlikni omborlarda sakdashga qoʻyishdan oldin tozalanadi, saralanadi va quritiladi. Ekishdan oldin esa Urugʻlik sifatini va unuvchanligini oshirish uchun zararkunandalar va kasalliklarga qarshi dorilanadi, oftobga yoyib shamollatiladi va boshqa Har bir xoʻjaliqda urugʻlik daftari tutilib, unga ekin turi boʻyicha urugʻlik navi, sifatlari yozib boriladi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]